У нас есть только
оригинальные песни

Dubayda tom qismida plyaj va o‘rmon bo‘lgan osmono‘par bino quriladi

calendar 14.10.2015
2135

Dubayda The Rosemont Hotel & Residences osmono‘par mehmonxonasi qurilib, uning tom qismida sun’iy o‘rmon va plyaj barpo etiladi.
Mehmonxona kompleksi 1,3 gektar maydonni egallaydi. Loyihaga ko‘ra, bino 47 qavatli ikki minoradan tashkil topib, ularning o‘rtasidan shisha devorlarga ega bo‘lgan besh qavatli kutish xonasi o‘rin egallaydi.

Mehmonxona jami 450 ta xona va 280 ta apartamentni o‘z ichiga oladi. Bino me’mori va uning qurilishi yakunlanadigan sana ma’lum qilinmadi.

Hozirda Dubayda shu kabi binolardan 100 qavatli Entisar Tower binosi ham barpo etilmoqda. Shahardagi eng baland osmono‘par bino esa balandligi 828 metrni tashkil etuvchi Burj Xalifa hisoblanadi.

Яндекс.Метрика