У нас есть только
оригинальные песни

Dubayning o‘z Tojmahali quriladi

calendar 30.12.2015
1892

2020-yilgacha Dubayning o‘z Tojmahali paydo bo‘ladi, deya xabar bermoqda“Russkiye Emirati” jurnali. “Toj-Arabiya” sayyohlik majmuasi 2016-yilda qurila boshlaydi. Ta’kidlanishicha, u Hindistondagi tarixiy yodgorlikning ayni nusxasi bo‘lmaydi.

“Toj-Arabiya” Dubailand ko‘ngilochar bog‘i hududida sakkiz gektar maydonda joylashadi. Majmua 400 xonadan iborat besh yulduzli mehmonxona, 300 ta turar-joy apartamenti, do‘konlar, butiklar, ikki ming o‘rinli banket zalini o‘z ichiga oladi.

Loyiha mualliflari “Toj-Arabiya” Burj Xalifa bunyod etilgan vaqtdan buyon amirlik tarixidagi eng yirik qurilish loyihasi bo‘lish bilan birga, Dubayda “Ekspo-2020” o‘tkazilayotgan vaqtda “sayyohlik Makkasi”ga aylanishiga umid qilmoqda.

 

 

Яндекс.Метрика