У нас есть только
оригинальные песни

Dunyoda har kuni 5 yoshgacha bo'lgan 15 ming bola hayotdan ko'z yumadi

calendar 19.10.2017
1003

Dunyo bo'ylab har kuni 5 yoshgacha bo'lgan 15 ming bola vafot etmoqda, ulardan 46 foizi - 7 ming yangi tug'ilgan chaqaloq - 2016 yilgi ma`lumotlarga ko'ra, hayotning birinchi 28 kunida nobud bo'ladi. Dunyoda besh yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi darajasi kamayib bormoqda, ammo chaqaloqlar o'limi ko'rsatkichlarining pasaytish tezligi ortda qolayapti, deyiladi «Bolalar o'limi darajasi va tendensiyalari» nomli yangi global hisobotda.

«Bolalar o'limi darajasi va tendensiyalari, 2017» yangi hisoboti Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (YuNISEF), Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti, Jahon banki va UNDESA aholishunoslik bo'limi tomonidan tayyorlandi. 

«5 yoshgacha bo'lgan 50 million bolaning hayoti 2000 yildan buyon hukumatlar va xalqaro hamkorlarning sa`y-harakatlari tufayli qutqarildi», - deya ta`kidlab o'tdi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (YuNISEF) global sog'liqni saqlash dasturi rahbari Stefan Svartling Peterson. «Lekin hayotning dastlabki kunlarida bolalar o'limini kamaytirish uchun ko'proq sarmoyalar kerak. Bizda zarur bo'lgan bilim va texnologiyalar bor, biz ularni eng kerakli joylarda qo'llashimiz kerak».

Bolalar o'limining oldini olish uchun oddiy, arzon yechimlar mavjud, ammo ular har doim eng zaif guruhlar yoki chekka hududlardagi onalar va bolalarni qamrab olmaydi.

Hisobot mualliflarining ta`kidlashicha, bolalar uchun hayotining birinchi oyida o'lim xavfi katta.

«5 yoshgacha bo'lgan bolalar o'limida neonatal o'lim darajasi hissasi oshib bormoqda – hamda bu tendensiya jahon hamjamiyati tezda choralar ko'rmaguncha davom etadi», - deyiladi hisobotda. 

«Yangi tug'ilgan chaqaloqlarning ko'pchiligi oldini olish yoki davolash imkoni bo'lgan omillar tufayli hayot ko'z yumadi: erta tug'ruq, tug'ruq paytidagi asoratlar, sepsis, zotiljam, qoqshol va diareya kabi infeksiyalar tufayli.

5 yoshgacha bo'lgan bolalarning o'limini oldini olish bizning vaqtimizda mumkin. Buning uchun siyosatchilar, ishbilarmonlar, sog'liqni saqlash xodimlari, jamiyatlar hamda oilalar har bir ona va bola uchun sifatli, arzon tibbiy xizmatlarni ta`minlash uchun birlashishi kerak, deya xulosa qilinadi matnda.

Яндекс.Метрика