У нас есть только
оригинальные песни

Dunyodagi birinchi muzyorar tanker Arktikaga sinovdan o'tish uchun yo'l oladi

calendar 08.11.2016
1293


Suyultirilgan tabiiy gazni tashish uchun mo'ljallangan dunyodagi birinchi muzyorar tanker 8 noyabrda Janubiy Koreyadan Shimoliy muz okeaniga sinovdan o'tish uchun yo'l oladi, deb xabar bermoqda Morvesti portali. Bu haqda kemani Rossiyaning "Sovkomflot" kompaniyasiga qurib bergan Daewoo Shipbuilding & Marine Engineering korporatsiyasi ma`lum qildi. 
Kemaning qurilishi 30 oy davom etdi va endi u Shimoliy muz okeanidagi real sharoitlarda sinovdan o'tishi kerak. Sinov yanvar oxirigacha davom etishi rejalashtirilgan.
Ma`lum qilinishicha, tanker 2,1 metr qalinlikdagi muz maydonlaridan o'ta oladi, uning tumshug'i va orqa qismi 70 mm lik po'lat plastinalar bilan qoplab chiqilgan. Kema minus 52 gradusgacha haroratgacha ishlay oladi.
Ma`lum qilinishicha, Janubiy Koreya kompaniyasi kemani qurishga buyurtmani 2014 yil martida olgan. "Ryonxap" axborot agentligining ma`lum qilishicha, "Yamal SPG" loyihasi uchun umumiy hisobda bunday sinfdagi kemalardan 15 ta quriladi. Ulardan har biri 173 ming kub metr suyultirilgan tabiiy gaz tashiy oladi.

Яндекс.Метрика