У нас есть только
оригинальные песни

Dunyodagi birinchi SMS-xabar muallifi uning mazmunini oshkor qildi

calendar 04.12.2017
2239

Bundan 25 yil avval yuborilgan dunyodagi birinchi SMS-xabar muallifi Sky News telekanaliga uning mazmunini oshkor etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

1992-yilda Vodafone kompaniyasida ishlab chiquvchi bo‘lib ishlagan britaniyalik Nil Papuort dunyodagi birinchi SMS-xabarni 3-dekabr kuni o‘z boshlig‘iga jo‘natganligi haqida gapirib berdi. “Rojdestvo muborak bo‘lsin”, — deb yozgan u.

Papuort unga javob kelmaganligini aytdi — o‘shanda mobil telefonlar xabarlarni faqat qabul qila olgan, va u matnni kompyuterda tergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyadagilar o‘sha vaqtda yangi loyiha bunchalik katta ko‘lamga ega bo‘lishini bilmagan.

Яндекс.Метрика