У нас есть только
оригинальные песни

Dunyodagi eng ingichka noutbuk sotuvga chiqarildi

calendar 18.10.2016
2032

Dunyodagi eng ingichka noutbuk — Acer Swift 7 sotuvga chiqarildi, deb xabar beradi“Korrespondent.net”. Acer’ning yangi mahsuloti 13 millimetr qalinlikka ega bo‘lib, bu borada MacBook Air’dan o‘zib ketdi.

Noutbuk 13,3 dyuym diagonalli, 1920×1080 o‘lchamli displeyga ega. Operativ xotira — 8 Gb, xotira — 256 Gb.

Swift 7 Windows 10 operatsion dasturi boshqaruvida ishlaydi hamda Kaby Lake avlodiga mansub Core i5 protsessori bilan ta’minlangan.

Akkumulyator sig‘imi 2770 mA/soatni tashkil etadi, bu noutbukda 9 soat davomida quvvatlantirishsiz ishlash imkonini beradi.

 

 

Яндекс.Метрика