У нас есть только
оригинальные песни

Dunyodagi eng katta amfibiya-samolyot birinchi sinov parvozini amalga oshirdi

calendar 24.12.2017
1073

Xitoyda yaratilgan dunyodagi eng katta amfibiya-samolyot AG600 birinchi sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Samolyot yirik yong'inlarni o'chirish uchun mo'ljallangan.

Samolyot Chjuxay shahri aeroportidan mahalliy vaqt bilan soat 09.38da havoga ko'tarilgan. Samolyot 64 daqiqa parvoz qilgan va 3 kilometrgacha balandlikka ko'tarilgan. Samolyotni texnik xodimlar bo'lgan boshqa bir samolyot kuzatib borgan. Samolyot o'tgan yil iyulda yig'ib bitkazilgan.

Samolyot nafaqat Xitoyda, balki butun dunyoda bunday toifadagi eng katta samolyot hisoblanadi. Samolyot yong'inlarni o'chirish va qutqaruv ishlarini olib borishga mo'ljallangan. Bundan tashqari, samolyot dengiz muhitini monitoring qilish, yo'lovchi va  yuk tashishlar, foydali qazilmalar mavjud joylarni qidirish uchun qo'shimcha qurilmalar bilan jihozlanishi mumkin.   

Samolyot 4 ta turbovint dvigatel bilan jihozlangan. U 20 soniya ichida bortiga 12 tonna suv yig'a oladi. Samolyotning maksimal uchish og'irligi 53,5 tonnani, korpusining uzunligi 39,3 metrni, qanotlari qulochi 38,8 metrni, maksimal uchish uzoqligi 4,5 ming kilometrni tashkil qiladi.

 

Яндекс.Метрика