У нас есть только
оригинальные песни

Dunyodagi eng keksa erkak 112 yoshida olamdan o'tdi

calendar 19.01.2016
1416

Dunyodagi eng keksa inson, 112 yoshli yaponiyalik Yasutaro Koide vafot etdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda. Koide 1903 yilning 13 martida dunyoga kelgan. Ikki oydan so'ng u 113 yoshga to'lishi kerak edi.

O'tgan yilning avgustida u Ginness rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa erkak sifatida kiritildi. Endilikda sayyoramizning eng keksa insoni yaponiyalik 111 yogoi Masamitsu Yoshida bo'lib, u 1904 ylning 30 may kuni tug'ilgandir.

Яндекс.Метрика