У нас есть только
оригинальные песни

Dunyodagi eng keksa teatr aktyori vafot etdi

calendar 20.07.2016
1716

Dunyodagi eng keksa teatr aktyori, ruminiyalik Radu Beligan vafot etdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Artist 97 yoshida Ruminiya poytaxti Buxarestdagi shifoxonlardan birida yurak xuruji oqibatida vafot etdi. 

Beligan aktyorlik faoliyatini 1937 yilda "Jinoyat va jazo" spektaklidagi roli bilan boshlagan. Aktyor o'zining uzoq davom etgan faoliyati davomida 80 ta spektakl va 30 filmda rol ijro etgan, ko'plab marotaba televidenie va radioda chiqqan. Uch oy oldin ham aktyor ijod bilan mashg'ul bo'lgan.

2013 yilda Beligan 2016 yilda 101 yoshga to'lib, hali ham sahnaga chiqayotgan rossiyalik artist Vladimir Zeldindan yoshroqligiga qaramasdan, Ginness rekordlar kitobiga ijodini davom ettirayotgan dunyodagi eng keksa professional aktyor sifatida kiritilgandi.

Яндекс.Метрика