Dunyodagi eng kuchli elektrostansiyalar

Yaqin vaqtlargacha ko'plab davlatlar atom energetikasiga elektr quvvatini uzilishlarsiz yetkazib berishning yagona varianti sifatida qaragandi. Biroq, hozirgi paytda gidroelektrostansiyalarning rivoji ancha samarali usul sanaladi – o'tgan yilda gidroenergetika jahondagi qayta tiklanuvchi elektr quvvatining 63 foizi va umuman barcha elektr energiyasining 17 foizi bilan ta`minlab berdi. Bu sohada Xitoy, Kanada va Braziliya yetakchilikni ushlab turibdi. Aftidan, yaqin o'n yil ichida boshqa mamlakatlar ham qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga ko'proq e`tibor qaratishni boshlaydi. Agarda muvaffaqiyatga erishiladigan bo'lsa, insoniyatni toza va qariyb bepul elektr quvvati davri kutmoqda.

Palo-Verde AESi

Quvvati: 4 200 MVt
Amerikaning eng katta atom stansiyasi bir necha shaharlar va 4 mln kishini elektr quvvati bilan ta`minlaydi. Shunisi qiziqki, AES sahroda joylashgan va loyihachilar energobloklarni yaqin oradagi munitsipalitetlarning oqova suvlari yordamida sovutishga majbur bo'lishdi.

Surgut GRES-2

Quvvati: 5 680 MVt
GRES neft gazi va tabiiy gazda ishlaydi. U dunyoda quvvat bo'yicha ikkinchi IES va Rossiyadagi elektr quvvatini ishlab chiqarish bo'yicha eng yirigi sanaladi.

Xanbit AESi

Quvvati: 5 875 MVt
Ayni damda stansiya dunyoda kattaligi bo'yicha beshinchi AES hisoblanadi. Umuman olganda, AES avval Yongvan deb atalgan. Biroq, 2011 yilda baliqchilar mamlakat hukumatiga petitsiya bilan chiqishdi – ular o'z mahsuloti “xavfli” atom energetikasi bilan birgalikda qabul qilinishini istashmadi.

Xanul AESi

Quvvati: 5 900 MVt
Ayni damda Xanulning quvvati Koreyaning boshqa AESi – Xanbit quvvati bilan barobar. Biroq, koreyalik muhandislar Xanulni yaqin uch yil ichida yanada “kuchliroq” qilish niyatidalar hamda o'shanda u 8 700 MVt.ni ishlab chiqara boshlaydi

Bryus AESi

Quvvati: 6 232 MVt
Shimoliy Amerikadagi eng yirik AESning qurilishi 1987 yilda tugagandi. Bryus AESi Guron ko'li qirg'og'ida joylashgan bo'lib, mahalliy fuqarolar bunday qo'shnichilikka jiddiy e`tiroz bildirmaydi.

Syantszyaba GESi

Quvvati: 6 448 MVt
Bu yirik to'g'onli gidroelektrostansiya Yantszining yuqori oqimida joylashgan. GES to'g'onning qurilayotgan pog'onali sharsharasining bir qismi hisoblanadi – Xitoy loyiha yakunida juda kuchli stansiyalar zanjirini qo'lga kiritadi, ular mamlakatga talab etiluvchi barcha quvvatni ishlab chiqarishi mumkin.

Guri GESi

Quvvati: 10 235 MVt
Venesueladagi elektr quvvatining 65 foizi aynan shu GESdan yetkazib beriladi. Xavfli tomoni shundaki, stansiyadagi nosozlik qariyb butun davlatni quvvatsiz qoldirishi mumkin – 2013 yilda aynan shunday holat yuz bergan. O'shanda kuchli yong'in barcha uchta yuqori voltli liniyaga zarar yetkazgan.


Комментарии (0) | Добавить: 16.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]