Dunyodagi eng kuchli qo'riqlanuvchi to'qqiz uy

Shon-shuhrat ham uning egalariga qimmatga tushadi. Bugungi kunda badavlat kishilar o'z halovati uchun juda katta mablag'lar sarflashadi - yulduzlarni suratga tushirish uchun har qanday joyga kirib borishga tayyor suratkashlar doim topiladi. Millionerlarning koshonasi "shirin luqma" bo'lib ko'rinadigan o'g'rilarni-ku gapirmasa ham bo'ladi. Ba`zilar uncha ahamiyat bermaydigan bir vaqtda boshqalar o'z himoyasi uchun hatto yadroviy zarbaga ham dosh beruvchi butun boshli tizimlarni qatorlashtirib tashlashadi. Don't Panic dunyodagi eng kuchli qo'riqlanuvchi to'qqiz uy haqidagi ma`lumoti bilan bo'lishdi. 

Fair Field Estate

Nufuzli Xemptondagi eng kuchli qo'riqlanuvchi va eng qimmatbaho uylardan biri milliarder Renardga tegishli. U moliyaviy mablag'larining katta qismini san`at asarlari xaridiga sarflab, koshonasini o'ziga xos galereyaga aylantirgan. Uyning derazalari o'q o'tkazmaydi, har burchakda - xavfsizlik kameralari mavjud, butun  perimetr bo'yicha qurollangan qo'rqichilar kezadi.

Zombi bunkeri

Aftidan, ba`zi odamlar zombi-apokalipsis haqida haddan tashqari ko'p film tomosha qilgan ko'rinishadi. Bu koshonaning nomi ham shunday - The Zombie Bunker. Butkul betondan iborat uy Londonda joylashgan. Uning harakatlanuvchi devorlari temir bilan mustahkamlangan, kirish va chiqish uchun ko'tarma ko'prik tizimi ishlaydi. Zombilar isyon ko'targan holatda qayerga chopish kerakligini anglagandirsiz?

Geytsning uyi

Bill Geytsning o'zi kamtar va xushmuomala kishidek ko'rinsa-da, u o'z uyini juda qattiq qo'riqlaydi. Yuqori texnologiyali tizim issiqlik radarlari yordamida uyga kirishga uringan kishini aniqlaydi, bu yerga keluvchi mehmonlarga esa maxsus "yaqin-begona" datchiklari biriktiriladi. 

Kardashyanlar qarorgohi

Parijdagi voqea oila a`zolarini paranoiklarga aylantirib qo'ydi. Kardashyan qarorgohini qachonlardir Blackwater'da xizmat qilgan haqiqiy yollanma jangchilar qo'riqlaydi. Ko'chalarda yulduzni o'nlab avtomobillar himoyalaydi, uyning o'zida esa maxsus vahimali xonasi bo'lib, uni buzib kirish Fort-Noksdan-da qiyin. 

Maximum Security Mansion

Maksimal himoyalangan koshona - biroz balandparvoz jaranglaydi, to'g'rimi? Aslida uyning nomi real holatni ifodalaydi. Bu uyning xavfsizlik tizimi 7 million dollar turadi. 

Korbining oilaviy qarorgohi

Korbining Kaliforniyadagi Hollivud tepaliklarida joylashgan oilaviy qarorgohi qimmatbaho xavfsizlik tizimi bilan mashhur. Uy nafaqat tashqaridan bostirib kirishdan himoyalangan, balki zilzilalardan ham. Bundan tashqari, Korbi ehtimoliy apokalipsis borasida ham qayg'urishni unutmagan: qarorgoh ostida hatto yadroviy zarbaga dosh beruvchi kuchli bunker yashirin. 

Ryonson qarorgohi

Nima deb o'ylaysiz, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In shaxsiy xavfsizligi borasida qayg'uradimi? Albatta! Uning qarorgohi elektr panjaralar bilan o'ralgan, perimetr bo'ylab esa qurollangan soqchilar sergak turadi. Ularning nima uchun kerakligi tushunarsiz, axir darvoza ortida - mina maydoni bor. Yer ostida esa yadroviy portlashga chidamli, Ryonsonni chuchxe maxfiy boshpanalari bilan bog'lovchi tunnellar tarmog'i bor. 

Bukingem saroyi

Ishonish qiyin, lekin sayyohlarni o'ziga jalb qilib keluvchi bu maskan dunyoning eng kuchli himoyalangan binolaridan biri hisoblanadi. Saroyga olib boruvchi ko'chalar sutkada bir marta yopiladi va qo'riqchilar uni ko'zdan kechirishadi. Tunda bu yerda maxsus bo'lim navbatchilik qiladi - hatto eng kuchli qaroqchilar ham u yerdan o'ta olmaydi. 

Oq uy

Oq uyning xavfsizlik tizimi Yer yuzidagi eng mukammal tizimlardan biridir. U yerda shunchaki dekorativ bezakdek ko'rinuvchi temir to'siq ham bekorga emas - to'siq hatto tank hujumiga ham bardoshli. Koshonaning butun hududi, shu jumladan havo kengligi ham skaner nazoratida.


Комментарии (0) | Добавить: 12.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Rossiya aviasozlari “so'nggi kun samolyoti”ni yaratishdi
Messi “Barselona” bilan bir umrlik shartnoma imzolaydimi?
Bosh prokuratura o‘z telestudiyasiga ega bo‘ladi
Saudiya Arabistoni hukumati qo‘lga olingan shahzodalarga pul evaziga ozodlikni taklif qilmoqda
Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov ota bo‘ldi
Turkiyaning Van ko‘li ostidan qadimiy qal’a topildi
Siemens’da ommaviy ishdan bo'shatish yuz beradi
O'zbekiston xalqaro ayollar tadbirkorligi kunini nishonlaydi
MIB tomonidan musodara etilgan LADA avtosaloni auksionga qo'yildi
O'zbekistonda qaysi kasb egalarining maoshi yuqori?
OnePlus iPhone X’ga raqobatchi bo'lgan smartfonni taqdim etdi
“Malika” savdo markazida sotilayotgan Samsung smartfonlarining narxlari ma’lum qilindi
Neymarning tovon puli ma`lum qilindi
Ronaldu va Serxio Ramos orasidan ola mushuk o'tdi
General-mayor Abdusalom Azizov Ozarboyjonga tashrif buyurdi
Hindiston hukumati Ivanka Tramp tashrifi oldidan ko‘chalarni 200 dan ortiq tilanchidan tozaladi
9 oy ichida qancha chet ellikka O'zbekistonga kirish vizasi berildi?
Ronaldu «Real»ni tark etish uchun 4ta sababga ega
Yana gaz inqirozimi? Ukrainada gaz narxi 10 barobarga oshdi
Naqd pul bilan bog'liq muammolar hal qilinmoqda, yil oxirigacha 200ta bankomat sotib olinadi
Abdulla Aripov Germaniyaga tashrif buyuradi
O'zbekiston nemis va frantsuz kompaniyalaridan 2 mln hisoblagichlar sotib oladi
Quyoshning Yerga qaragan tomonidan barcha dog'lar yo'qolib qoldi
Ishni o'zgartirish yo'lida to'siq bo'luvchi qo'rquvni qanday yengish mumkin?
Tana haroratidan quvvatlanuvchi aqlli soatlarni yetkazishga start berildi
Xonanda Saida turmushga chiqdi
Xarajatlarni nazorat qilishning eng oddiy va bezarar usuli
Metro yo'l haqi tushiriladimi? «O'zbekiston temir yo'llari» rasmiy xabar berdi
Intizomiy jazo amal qilayotgan vaqtda rag'batlantirishga ruxsat beriladi
Xiaomi smartfonlarining mashhurligiga 5 sabab