У нас есть только
оригинальные песни

Dunyodagi eng qimmat uyni kim xarid qilgani ma`lum bo'ldi

calendar 17.12.2017
3316

Fransiyaning sobiq qiroli Lyudovik XIV yoki Lui Buyuk haykali o'rnatilgan hashamatli qasr ajoyib landshaftga egaligi bilan bong taratgan edi. Uning suratlari 2015 yilda dunyoning eng qimmat uyi nomini qozonishi bilan yana OAV sahifalaridan joy oldi. 

Endilikda, o'sha vaqtda dabdabali saroyni kim xarid qilgani oydinlashdi. Lyudovik XIV ning Parij yaqinidagi qasrini qimmat narxda sotib olish ortida Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon turibdi, deb yozadi The New York Times nashri. 

Saroy 2015 yili 300 mln dollarga xarid qilingan edi. Saudiya podshoh oilasi maslahatchilari bino valiahd shahzoda tegishli ekanini tasdiqlashgan. 

Uyda ulkan raqslar xonasi, yerosti tungi klubi, uy kinoteatri va boshqa qulayliklar bor. 

Яндекс.Метрика