У нас есть только
оригинальные песни

Dunyodagi eng qora soat 95 ming dollarga baholandi

calendar 23.06.2016
2582

Soat ishlab chiqaruvchi Manufacture Contemporaine du Temps kompaniyasi o‘z brendiga xos bir milli, deyarli butun korpusi va siferblati Vantablack – uglerod nanoquvirchalaridan iborat modda bilan qoplangan va dunyodagi eng qora ashyo sifatida tan olingan S-110 Evo Venta Black nomli soat modelini ishlab chiqardi, debxabar bermoqda Luxury Launches.

Ushbu modeldagi soatlar cheklangan miqdorda, 10 ta nusxada ishlab chiqariladi. S-110 Evo Venta Black soatining narxi 95 ming dollarga baholanmoqda. Soat mexanizmi 471 dona detal va 81 dona yoqutdan iborat. Mazkur soatning bitta yurg‘izilishdagi zaxirasi 40 soatni tashkil etadi.

Яндекс.Метрика