У нас есть только
оригинальные песни

Dunyoga mashhur siyosatchi va tadbirkorlar kunni qanday boshlaydi?

calendar 03.09.2017
1108

Bir finjon qahva, kitob mutolaasi yoki yangiliklarni kuzatish bo'ladimi, har kishining ertalab bajarishga odatlangan harakati bor. Aynan tonggi odat bilan ish boshlash kun davomida samarador natija va a`lo kayfiyatni taqdim etadi. Sleepypeople.com saytida e`lon qilingan infografika bo'yicha, biz dunyoning eng muvaffaqiyatli kishilarining ertalabki mashg'uloti bilan tanishib chiqishimiz mumkin.

AQSh sobiq prezidenti Barak Obama kunni badantarbiya mashqlari bilan boshlaydi

Sayt taqdim etgan ma`lumotga ko'ra, Obama soat 6.45da uyg'onib, mashq qilish zali tomon yo'l oladi. Kardio va ortiqcha vaznga qarshi bajargan mashqlaridan so'ng Barak turmush o'rtog'i Mishel bilan nonushta qilish uchun stolga o'tiradi. Ularga Maliya va Sasha ismli ikki nafar qizi hamrohlik qiladi.


Buyuk Britaniya sobiq prezidenti Devid Kemeron ertalab televizor tomosha qilmaydi

Ertalab soat 6.00da uyg'onishga odatlangan ingliz siyosatchisi dastlabki ikki soat vaqtni muhim ishlarni tartibga solish, reja tuzish va ko'zdan kechirib chiqishga sarflaydi. So'ngra, soat 8.00da rafiqasi Samanta, farzandlari Artur, Nensi va Florens bilan birga nonushta qiladi.

Douning ko'chasi, 10 uyda istiqomat qiluvchi sobiq bosh vazirning xonadonidan qat`iy qonun bor: ertalab televizor tomosha qilish mumkin emas. Shuning bilan u farzandlarining foydali ishlar bilan mashg'ul bo'lishini xohlaydi.


Uinston Cherchill uyqudan vaqtli tura olmasdi

Yana bir Konservativ partiyasining vakili, sobiq Bosh vazir Uinston Cherchill soat 7.30gacha uyg'onmagan. Ma`lumotga ko'ra, ayrim kunlari u soat 11.00gacha yotoqxonadan chiqmagan.

Shu payt ichida u nonushta qilgan, ro'znomadagi tonggi yangiliklarga ko'z yugurtirib chiqqan, vassalom.


Starbaks asoschi Hovard Shults kunni bir finjon qahva bilan boshlaydi

Balki bu ma`lumot barchani hayratga solmasligi mumkin, negaki, eng mashhur qahvalarni sotish bo'yicha tanilgan brend asoschisi aynan shu ichimlikni sevishi tabiiy.

Qiziqarli jihati shundaki, u saharda soat 4.30da uyqudan turadi va itlari bilan sayrga chiqadi. Shundan so'ng, soat 5.45da qo'lbola qahva tayyorlab, ishga otlanadi.


Stiv Jobs har kuni o'ziga ilhombaxsh nutqlarni o'qigan

Ko'k shim va qora ko'ylak bilan o'zini erkin his etgan marhum tadbirkor, Apple asoschi Stiv Jobs har tong uyqudan so'ng, ko'zguga yaqinlashib, o'zini rag'batlantiruvchi savollar bergan, ayrim paytlar nutq o'qirdi.

 

Mark Tsukerberg ish kunini soat 6.00dan boshlaydi

Harvard universitetini tark etgan, 31 yoshli Facebook​ asoschisi Mark Tsukerberg, avvalgi intervyularida aytgani kabi kulrang futbolkasini kiyadi va soat 6.00dan ishga kirishadi. Uning aytishicha, bir xil kiyimni kiyish uni ertalabdan ko'p qarorlarni qabul qilishdan ozod etadi.

Яндекс.Метрика