Dunyoning badavlat shaxslari 2015 yilda kambag'allashdi

Bloomberg Billionaires Index ma'lumotlariga ko'ra, sayyoramizdagi 400 nafar eng boy odamlar boyligi ushbu yilda 19 milliard AQSh dollariga kamaydi.

Xom-ashyo narhi va Xitoyning iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayishi butun dunyoda sarmoyadorlarini qo'rquvga solib qo'ydi, bu esa boylik indeksining 2012 yildan beri ilk marotaba yillik pasayishiga olib keldi.

Fisher Investments asoschisi milliarder Ken Fisherning qayd etishicha, joriy yilda fond bozori noqulay vaziyatda qoldi, bu holat esa 2015 yilda yuz bergan voqealar bilan bog'liq.

“Neft bozoridagi taklifning ko'pligi, iste'molchilar harajatlarining past darajasi va Xitoy o'sish sur'atining pasayishi  -  bularning bari sarmoyadorlarni qo'rqitib yubordi”.

Telekommunikatsiyalar sohasidagi meksikalik magnat Karlos Slim boylik darajasi eng ko'p darajada kamaygan odamga aylandi, chunki unga tegishli bo'lgan America Movil SAB 2015 yilda o'z qiymatini 25 foizga yo'qotdi.

2013 yil may holatiga ko'ra, Slim dunyodagi eng badavlat odam bo'lgan, biroq hozirda bor-yo'g'i 5 o'rinda, chunki uning boyligi deyarli 20 milliard dollarga qisqardi.

 

Geyts, Baffet va boshqalar

Sayyoramizning eng badavlat kishilari reytingidagi amerikalik sarmoyador Uorren Baffet joriy yilda 11,3 milliard dollar yo'qotdi – uning Berkshire Hathaway Inc. kompaniyasi 2011 yildan beri ilk bora salbiy yillik daromadga ega bo'ldi.

2013 yilning may oyidan beri dunyoning eng badavlat kishisi sanalgan Microsoft Corp. asoschisi Bill Geyts bu yil 3 milliard AQSh dollarini yo'qotdi.

Geytsning yo'qotishlari va kiyim-kechak savdosi bilan shug'ullanuvchi Inditex SA daromadlarining o'sishi Amansio Ortegani dunyoning eng badavlat kishisiga aylanishiga olib keldi.

Ortega 2012 yilning iyun oyidan beri Еvropadagi eng boy odam sanaladi. U Slim va Baffetni ortda qoldirdi – uning boyligi 12,1 milliard dollardan 73,3 milliardga o'sdi.

Biroq uning boyliging 20 foizga ortishini Amazon.com Inc. asoschisi Jef Bezos boyligi o'sishi bilan taqqoslab bo'lmaydi. Meksikalik milliarder o'z boyligini ikki martadan ortiq ko'rsatikichga oshirishga muvaffaq bo'ldi, hozirda boyligi 59 milliard AQSh dollariga baholanmoqda.

2015 yilda uning boyligi 31 milliard AQSh dollariga o'sdi, shu tariqa 2014 yildagi 7,4 milliard AQShdollar ko'rsatkichidagi pasayishni qopladi. Boylik darajasining ortishi Bezos reytingini 16 ta o'ringa oshirdi va hozirda u eng badavlat kishilar ro'yxatida to'rtinchi o'rinni egallamoqda.

 

O'sish va pasayishlar

Bloomberg  agentligi tomnidan tuzilgan boylik indeksiga muvofiq, dunyodagi 400 nafar eng badavlat kishilar deyarli 3.9 trillion dollarga egalik qilishadi.

Bu esa AQSh, Xitoy va Yaponiyadan tashqari, boshqa har qanday mamlakat YaIM dan ko'p.

18 may holatiga ko'ra,  ularning boylik ko'rsatkichi maksimal darajada bo'lganida, milliarderlar deyarli 4,3 trillion dollarga egalik qilishgan, bu esa 1 yanvar holatiga ko'ra, 267 millard dollarga ko'proq. Avgust oyida esa ularning deyarli barchasi daromadlarini yo'qotishdi. 

Bezos va Ortega o'z boyliklarini hammadan ko'ra ko'proq oshirishdi – mazkur ikki shaxs boyligining o'sishi 43 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

Uoltenlar oilasining besh nafar a'zosi 2015 yilda birgalikda 35 millard AQSh dollarini yo'qotishdi.

Bundan tashqari, mazkur yilda 49 nafar milliarder, bular orasida Glencore Plc. ijrochi direktori Ayvan Glazenberg va Nikaraguada Panama kanali muqobili qurilishi uchun shaxsan 500 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritgan telekommunikatsiyalar sohasidagi xitoylik magnat Van Szin reytingdan chiqib ketdi.

Glazenberg o'z boyligining deyarli uchdan ikki qismini yo'qotdi, Van Szinning boyligi esa joriy yilda 86 foizga qisqardi.

 

Braziliyadagi korruptsiya

Lotin Amerikadagi mustaqil investitsion bankning sobiq rahbari braziliyalik milliarder Andre Esteves ushbu yilda deyarli 1,5 milliard AQSh dollarni yo'qotdi.

2014 yil sentyabrida maksimal qiymat 4,9 milliard bo'lgan boyligi mazkur yilda 1,8 millard AQSh dollarini tashkil qildi.

Uning hamkorlari Marsel Telles va Karlos Sikupira ham o'z boyligini har biri uchun 1,7 milliard AQSh dollariga oshirdi, 3G Uorren Baffet bilan o'z kuchlarini (Kraft Foods Groupning H.J. Heinz bilan birlashishi tufayli) birlashtirmoqda.

Mazkur uch milliarder Anheuser-Busch InBev NV ning asosiy aktsiyadorlari hisoblanadi. 

 

Shiddatli poyga

2015 yil xitoylik milliarderlar uchun mana shunday poyga yili bo'ldi. 1 yanvar holatiga ko'ra, indeksda jami boyligi 205 milliard AQSh dollarini tashkil etgan 23 nafar xitoylik milliarderlar mavjud bo'lgan.

27 may holatiga ko'ra, ularning boyligi maksimal darajaga etganida, indeksdan jami boyligi 348 milliard AQSh dollarini tashkil etgan 31 nafar xitoylik milliarderlar o'rin egallagan.

28 dekabr holatiga ko'ra, indeksda jami boyligi 256 milliard AQSh dollarini tashkil etgan 28 nafar milliarder bo'lgan.

Bozorlar o'sishi bilan Xitoy haqiqiy milliarderlar fabrikasiga aylandi, birinchi yarim yillikda mamlakatda 50 nafardan ortiq yangi milliarderlar paydo bo'ldi.

Biroq iyul oyiga kelib, pufak yorildi. Birinchi yarim yillikda paydo bo'lgan 50 ta milliarderdan avgust oyiga kelib bor-yo'g'i 19 tasi qoldi.

Rossiyalik boylar shaxsiy muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechirdilar. Mamlakatning eng badavlat kishilari G'arb mamlakatlari sanktsiyalar kiritishganidan so'ng, 2014 yilda 55 milliard AQSh dollarini yo'qotishdi.

Texnologiyalar 2015 yilda milliarderlar uchun eng yaxshi sanoatga aylandi.

44 nafar IT-milliarderlar o'z boyliklarini 81 milliard AQSh dollariga orttirishga muvaffaq bo'lishdi. Bu ko'rsatkichga Bezos 31 milliard AQSh dollarlik o'sish bilan etakchilik qildi.

Facebook Inc. rahbari Mark Sukerberg esa u tomonidan yaratilgan ijtimoiy tarmoq yanada mashhurlikka erishgach, 12 milliard AQSh dollariga boyishga erishdi.

Alphabet Inc. asoschilari Sergey Brin va Larri Peyjlar ham o'z boyliklarini orttirishdi. Ularning har ikkovi o'z boyligini 20 milliard AQSh dollariga oshirishdi.

 

Xom-ashyo narhi

Metal, tog'-kon qazib olish sanoati va energetika sohasidagi 31 nafar milliarder mushkul vaziyat qoldi – ularning jami boyligi 32 milliard dollarga qisqardi.

Avstraliyadagi eng boy odam – Jina Raynxart temir rudasining narhi deyarli ikki barobar qisqarganida, boyligining deyarli to'rtdan birini yo'qotdi.

Nigeriyada neft narhining pasayishi o'sish sur'atining sekinlashuviga olib keldi, Afrikadagi eng badavlat odam Aliko Dangote esa mana ikki yildirki, daromadlarini yo'qotmoqda.

Hozirgi kunda uning boyligi 14 milliard AQSh dollariga baholanmoqda, bu esa 2014 yil yanvar oyidagiga qaraganda deyarli ikki marta kamroq.

 

Sirli milliarderlar

2015 yilda Bloomberg indeksidan 115 nafar yangi va u qadar mashhur bo'lmagan milliarderlar o'rin egallashdi.

Noyabr oyida Wal-Mart merosxo'ri Kristi Uolton marhum umr yo'ldoshi Jon Uolton aktsiyalarining uchdan birini o'g'li Lukasga o'tkazganligi to'g'risida sudda aniqlanganidan so'ng, Amerikaning ikkinchi eng badavlat ayoli nomini yo'qotdi. Lukas 29 yoshida eng badavlat kishilar reytingida 92-o'rinni egalladi, uning boyligi 11 milliard dollarni tashkil etdi.

Bundan tashqari, Goldman Sachs Group Inc. va JPMorgan Chase & Co. kabi investitsion banklarning o'sishi bshqaruv raislari  - Lloyd Blankfeyn va Djeym Daymonlarni milliarderlarga aylantirdi.

Gonkongda Yun Kin-man o'z boyligini 10 milliard dollarga oshirdi.

Chjou Syunfey esa Xitoydagi eng boy odamga aylandi – uning boyligi 5 milliardga ortdi va mazkur yilda 7,9 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa 254 foizlik o'sish bo'lib, eng yuqori ko'rsatkich demakdir. 2015 yil xotirjam yil bo'lmaganligiga qaramay, ekspertlar fikrlariga ko'ra, 2016 yil bundanda mushkulroq bo'lishi mumkin.

Tahlilchilar fikrlariga ko'ra, bozorlardagi silkinishlar o'sib boradi, sarmoyadorlar uchun esa murakkab davr boshlanadi.


Комментарии (0) | Добавить: 31.12.2015
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Uyqusizlikdan qutulishning 5 usuli
Uyda muzdekkina yaxna choy tayyorlaymiz
Mail.ru Group yangi messenjerni ishga tushirdi
Farrux Zokirov: Botir akam — ijodiy vijdonim
Tailand poytaxti kuchli jala tufayli suv ostida qoldi
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumaniga tashrif buyuradi
Xorazmda “Paynet” shoxobchasini “tozalab” ketgan yigitlar ushlandi
Chilonzorda Magnit supermarketi ochildi
So'ngi qo'ng'iroq! Salom yangi hayot! Bitiruvchi-2017
«Axborot», «Davr» va «Poytaxt» informatsion dasturlari yopiladi
Toshkent moliya institutiga yangi rektor tayinlandi
Yakka tadbirkorlar plastik kartalardan Click tizimi orqali to'lovlarni amalga oshirishi mumkin
Qog'oz shaklidagi mehnat daftarchalari berilishi to'xtatiladi
Messi ortidan Ronalduga ham qamoq jazosi tahdid solmoqda
“Tun” tadbirlari davomida 40dan ziyod qimorxona aniqlandi
GM Uzbekistan avtomobillari narxlari oshishi kutilmoqda
«O'zbekgidroenergo»ga rahbar tayinlandi
Umra ziyoratchilari uchun yangi reyslar e'lon qilindi
“O'zbektelefilm” boshqa binoga ko'chib o'tdi
Qodirov Checheniston maktablarida bitiruv kechalarini o‘tkazishni taqiqlashni yoqlab chiqdi
«O'zbeknavo» o'rnida tashkil etilgan davlat muassasasiga rahbar tayinlandi
Keyingi bekat - ayriliq!
Ter hididan halos bo'lishning 5 chorasi
Barmoqlar orqali kayfiyat va organizmni boshqarish usullari
Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov vafot etdi
Baland poshnada to‘g‘ri yurish qoidalari: 7 maslahat
Samsung o'ta noyob displeyni namoyish etdi
Otabek Mirzayevdan dan Premyera
Ummon guruhi sudga berilmoqda. Sabab?
O‘zbekiston va AQSh prezidentlarining barcha uchrashuvlari