У нас есть только
оригинальные песни

Dunyoning eng badavlat 10 blogeri reytingi taqdim etildi

calendar 03.01.2017
1275

Aksariyat kishilar bloglarni suratlar bilan bo'lishish, ba`zan esa fikr almashish usuli deb bilishadi, biroq shunday insonlar borki, ular uchun bloglar pul ishlash usulidir. Albatta, so'nggi paytlarda blogerlar soni juda ko'payib ketdi, biroq ba`zi blogerlarning shu ish orqasidan topayotgan puli yirik korporatsiyalarning top-menejyerlarinikidan qolishmaydi. Trendymen dunyoning eng badavlat 10 blogeri ro'yxatini taqdim etdi. 

Mett Marshall 
Venture Beat

Mett Marshall o'zining blogerlik karerasini 2006 yilda boshlagan, o'shanda u Venture Beat nomi ostidagi saytni ishga tushirgan. Ushbu saytda texnologiya olami, moliya va u bilan bog'liq barcha narsalarga oid yangiliklar bilan tanishish mumkin edi. Mazkur axborot blogi o'z o'quvchilari, jumladan boshlovchi tadbirkorlar uchun ko'plab qadrli ma`lumotlar hamda investitsiyadan qanday pul ishlashga doir turli usullarni taklif qildi.

Jyeyk Dobkin
Gothamist

Dunyodagi eng taniqli bloglardan birining birgina shaharda ro'y berayotgan hodisalar haqida so'z yuritishi g'alati ko'rinishi mumkin. Biroq Nyu-York kichik shahar emas, Gothamist Katta olmaning hayoti haqida batafsil so'z yuritib, tez ommalashib ketdi. Gothamist dunyoning 13 shahrida o'z bo'limlarini ochib, ta`sir doirasini kengaytirdi. Bugungi kunda Gothamist asoschisi Jyeyk Dobkin o'zining onlayn-loyihasi orqali bir oyda 110 ming dollarga yaqin pul ishlaydi.

Jina Trapani
Lifehacker

"Layfxak" so'zi bir necha yil ilgari «Lifehacker» loyihasini ishga tushirgan ayol tufayli bizning leksikonimizga kirib keldi. Kundalik hayotda qo'llash mumkin bo'lgan maslahatlar shu qadar ommalashib ketdiki, bugun mana shu ajoyib blog asoschisi oyiga 100 ming dollardan ortiq pul ishlamoqda va shu bilan bir vaqtda qo'shimcha daromad olib keluvchi sayd-loyihalarni rivojlantirmoqda.

Kollis Tayed
TutsPlus

Ma`ruzalar, vebinarlar va ta`limning muqobil usullariga bag'ishlangan TutsPlus maydoni o'quvchilarni soft yangiliklaridan boxabar qiladi, yangi dasturlarni o'zlashtirishga yordam beradi. TutsPlus nafaqat onlayn-ta`lim bilan shug'ullanadi, u hatto bosma darsliklar chiqaradi. Bu esa servis asoschisiga bir oyda 120 ming dollar ishlash imkonini beradi. 

Timoti Sayks
www.timothysykes.com

Timoti Sayks atigi 21 yoshligidayoq xej-fondlarda muvaffaqiyatli shartnomalar tuzib, millionerga aylangan. U hech qanday moliyaviy qiyinchiliksiz "Uoll-Strit bo'rilari" filmining bosh qahramonlaridan biri bo'ldi. Keyin esa o'z blogini ochishga qaror qildi - moliyaviy bozorlarda boyib ketishni istovchi millionlab kishilar uning blogini kuzatib borishadi. U blogini yuritishdan 150 ming dollarga yaqin pul topadi hamda uni omadli sarmoyalari bilan ko'paytiradi.

Vitaliy Fridman
Smashing Magazine

Smashing Magazine dizayner va ishlab chiqaruvchilar olamidagi eng taniqli blog hisoblanadi. Bu yerda veb-dizayner bo'lishga qaror qilganlar uchun so'nggi yangiliklar, maslahatlar, darsliklar va ajoyib gidlar mavjud. Ushbu juda foydali saytning asoschisi - Vitaliy Fridman. U birgina reklama bannerlarining o'zidan 190  ming dollar topadi. 

Mario Lavandeyra
Perets Xilton

2005 yilda faoliyatiga start bergan Mario Lavandeyra yoki Perets Xilton o'z blogini misli ko'rilmagan darajada rivojlantirgan lokomotivga aylandi. Yulduzlar hayotining  sir-asrorlari shu qadar mashhurki, Mario Lavandeyra har oy ulardan 450  ming dollar ishlab oladi. 

Pit Kashmor
Mashable

Dunyodagi eng nufuzli va eng ko'p taqdirlangan Mashable sayti ijtimoiy media, biznes-nashrlar va ko'ngilochar portal majmui hisoblanadi. Ushbu blogning asoschisi va bosh direktori Pit Kashmor mazkur ajoyib loyihaga  Shotlandiyada, atigi 19 yoshida start bergan va bir necha yil o'tgach, millionerga aylangan. Mashable Pitga oyiga 600  ming dollar olib keladi. 

Maykl Arrington
Techcrunch

TechCrunch qat`iy AT-sanoatiga yo'naltirilgan bo'lib, u o'z sohasida eng yaxshisi bo'lishga harakat qiladi. TechCrunch  ilm-fan, profil kompaniyalarning ishga tushishi, yangi gadjyetlar va ulkan texnologiyalar olamiga oid yangiliklar bilan bo'lishadi. Maykl Arrington uni vaqtinchalik sahifa sifatida ishga tushirgan, lekin oxir-oqibat shu sayt orqasidan "Kremniy vodiysi dahosi" nomini oldi. Hozirda u bir oyda 800 ming dollar ishlab topadi. 

Arianna Xaffington
Huffington Post

Huffington Post - to'laqonli media, u atigi ikki yil ichida mualliflik blogidan dunyoning eng mashhur saytlari qatoriga qo'shilishga muvaffaq bo'ldi. Blogning oylik daromadi 2,3 million dollarga teng, shuning uchun sayt asoschisi va rahbari Ariana Xaffington sayyoraning eng badavlat blogeri sifatida e`tirof etiladi. 

 

Яндекс.Метрика