У нас есть только
оригинальные песни

Dunyoning eng boy bokschisi Rossiyadagi ulgurji markaz egalaridan biriga aylanadi

calendar 04.02.2016
1590

Forbes taxmini bo‘yicha dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchisi, amerikalik bokschi Floyd Meyvezer biznesmen Timofey Kurgin va aka-uka Ananevlarga tegishli “Chetire sezona” ulgurji-tarqatish markazining Moskva viloyatidagi tarmog‘i egalaridan biriga aylanishi mumkin. 

Kurginning aytishicha, sportchi jami 200 million dollar baholanayotgan markazning 10—25% ulushini 20—50 million dollarga xarid qilish niyatida. Ayni paytda bitim o‘zaro kelishuv bosqichida, yakuniy qaror mart oyida chiqarilishi kutilmoqda.

Meyvezerning vakillari mazkur yangilikka izoh bermagan.

Яндекс.Метрика