У нас есть только
оригинальные песни

Dunyoning eng ko'p ziyorat qilinuvchi shaharlarini bilasizmi?

calendar 30.10.2016
2365

Mastercard Global Destinations Cities Index'ning yillik tadqiqotiga ko'ra, 2016 yilda Dubay ziyoratchilar tashrif buyuruvchi dunyoning to'rtinchi, Yaqin Sharqning esa birinchi  shahri bo'ldi. Bu haqida Mastercard'ning rasmiy saytida ma`lum qilindi. 

2016 yilda Dubay taxminan 15,27 million xalqaro sayyohni qabul qiladi. 

"Bu yilgi indeksda eng kutilmagan natija - xorijiy mehmonlar xarajatlari bo'yicha birinchi o'ringa chiqib olgan Dubay shahri bo'ldi. Ularning bu yilgi chiqimlari 31,3 milliard dollarga yetgan, bu esa London shahri ko'rsatkichlarini (reytingda ikkinchi o'rinda) sezilarli darajada ortda qoldiradi", - dedi Mastercard'ning xalqaro bozorlar bo'yicha prezidenti Enn Keyrns. 

Dubaydan oldingi o'rinlarda Bangkok (prognoz - 21,47 million ziyoratchi), London va Parij (19,88 million va 18,03 million ziyoratchi) nomlari qayd etilgan.

Reytingga shuningdek sayyohlar oqimi o'sishi bo'yicha eng yuqori natija ko'rsatgan Abu-Dabi ham kiritilgan, - 81 foiz. 

Bu ma`lumotlar Birlashgan Arab Amirliklarining ketma-ket ikkinchi yil eng ko'p ziyorat qilinayotgan va sayyohlik yo'nalishi tez sur`atlarda rivojlanayotgan mamlakat maqomini mustahkamlayotganidan dalolat beradi. 

Яндекс.Метрика