У нас есть только
оригинальные песни

Dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi musiqachilari reytingi e’lon qilindi

calendar 23.07.2018
1635

Amerikaning Billboard jurnali AQSh hududida eng ko‘p pul ishlab topgan musiqachilar reytingini e’lon qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Reytingning birinchi o‘rnida 2017-yilda 54,4 million dollar orttirgan Irlandiyaning U2 rok-guruhi joylashdi. Ushbu mablag‘ning katta qismini musiqachilar Joshua Tree Tour gastrol safari doirasidagi konsertlari uchun gonorar sifatida qo‘lga kiritgan. Ikkinchi o‘rin 52,2 million dollar ishlab topgan qo‘shiqchi Gart Bruksga nasib qildi. Yetakchilar uchligiga Metallica 43,2 million dollar bilan yakun yasadi.

Yuqori o‘nlikka Bruno Mars (40,7 million dollar), Ed Shiran (31,3 million dollar), Ledi Gaga (29,7 million dollar), Billi Joel (29,2 million dollar), Guns N’ Roses (27,8 million dollar), Pink Floyd guruhining sobiq a’zosi Rojer Uoters (27,2 million dollar) va Coldplay (26,5 million dollar) ham kirdi.

Ro‘yxatdagi musiqachilarning deyarli barchasi daromadlarining aksar qismini jonli konsertlardan ishlab topgan. Top-50 talikka 2017-yilda turnega chiqmagan ikki xonandagina kirdi, bular — reper Dreyk (qo‘shiqlarining onlayn tinglanishidan 8,6 million dollar ishlab olgan) va Teylor Svift (albomlari sotuvidan 5 million dollar ishlagan).

Яндекс.Метрика