У нас есть только
оригинальные песни

Dunyoning eng mazali taomlari: sayohat vaqtida nimalarni tatib ko‘rish kerak?

calendar 15.01.2017
1703

Siz uchun yangi bo‘lgan mamlakatni va uning aholisi mentalitetini yaxshiroq tushunish uchun, ularning milliy taomini tatib ko‘rish kerak.

Portugaliya: fransezinya

Ovqat nomi “nozik fransuz qiz” deb tarjima qilinadi. Bu ovqat kvadrat shakldagi ikki bo‘lak oq non orasiga go‘sht, kolbasa, maydalangan zaytun mevasi, vetchina, kolbasa va pishloq qo‘yib tayyorlangan sendvichdan iborat bo‘lib, odatda qovurilgan kartoshka va pomidor qaylasi bilan dasturxonga tortiladi.

 

Meksika: mole qaylasi

Bu ovqat 100 xil masalliqdan tashkil topgan bo‘lib, bir necha kun davomida tayyorlanadi.

Belgiya: chig‘anoqli qovurilgan kartoshka

Belgiyada chig‘anoqlar har xil usulda – sharobda, yog‘da, o‘tlar bilan yoki pomidor qaylasida pishiriladi.

Janubiy Koreya: panchxan

Bu an’anaviy taom ko‘plab yaxna yegulik va salatlardan tashkil topgan.

Yaponiya: katsudon

Bu taom guruch ustiga qo‘yilgan yupqa tuxumli kotletdan iborat.

Shotlandiya: dudlangan losos

Bu baliq qovurilgan non bilan dasturxonga tortiladi.

 

Яндекс.Метрика