У нас есть только
оригинальные песни

Dunyoning eng muvaffaqiyatli avtomobil ishlab chiqaruvchilari reytingi tuzildi

calendar 05.03.2018
871

Focus2move tahlil agentligi mutaxassislari 2017-yil yakunlari bo‘yicha eng muvaffaqiyatli avtomobil ishlab chiqaruvchilar reytingini tuzdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

 

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni yengil va tijorat avtomobillarini chiqaruvchi Volkswagen Group konserni egalladi. O‘tgan yil ichida Germaniya kompaniyasi qariyb 10,4 millionta mashina sotdi, bu 2016-yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 3,5 foizga ko‘proq demakdir.

Ikkinchi o‘rinda Yaponiyaning Toyota Motor korporatsiyasi joylashdi, u 2017-yilda taxminan 10,2 millionta avtomobil sotdi. Yetakchilar uchligiga o‘tgan yili 10 milliontadan sal ortiqroq avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgan Renault-Nissan alyansi yakun yasadi.

Eng muvaffaqiyatli avtomobil ishlab chiqaruvchilar beshligiga, shuningdek, Hyundai-Kia (7,2 millionta) va General Motors (6,8 millionta) ham kirdi.

Яндекс.Метрика