У нас есть только
оригинальные песни

Dunyoning eng og'ir vaznli kishilaridan biri vafot etdi

calendar 26.12.2015
1048

Dunyoning eng og'ir vaznli kishilaridan biri Meksikaning Xalisko shtatida yurak xuruji tufayli vafot etdi. Bu haqda El Correo nashri xabar tarqatgan.

38 yoshli Andres Moreno Sepulveda avvalroq 444 kg vaznga ega edi. Ozish maqsadida qilingan operatsiyadan so'ng Sepulveda darhol 100 kg vazn tashlagandi.

Andres Morenoning qarindoshlari aytishicha, u og'ir operatsiyadan so'ng o'zini juda yomon his qila boshlagan. U shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida, tez tibbiy yordam mashinasi ichida olamdan o'tgan.

Яндекс.Метрика