У нас есть только
оригинальные песни

Dunyoning eng qimmatbaho brendlari reytingida yetakchi o'zgardi

calendar 01.02.2018
1948

Brand Finance kompaniyasi reytingining yangi versiyasida Amazon dunyoning eng qimmatbaho brendi nomiga sazovor bo'ldi. Ekspertlar hozirda uning qiymatini 150,8 milliard dollarga baholashmoqda, bu dunyoning eng qimmatbaho brendlari reytingidagi 500 brend umumiy qiymatining (5,904 trillion dollar) taxminan 2,5 foizini tashkil qiladi. O'tgan yilgi versiyalarga taqqoslaganda Amazon brendining bahosi 42 foizga oshgan (avval 106,4 milliard dollar bo'lgan), bu Jyeff Bezosning kompaniyasiga uchinchi o'rindan birinchi o'ringa chiqish imkonini bergan.

O'tgan yilgi yetakchi - Google brendida esa buning aksi kuzatilgan: u nafaqat Amazon, balki Apple'ga ham yo'l berib, birinchi o'rindan uchinchi o'ringa tushib ketgan. Yil davomida Google brendining narxi taxminan 10 foizga oshgan (109,47 milliard dollardan 120,91 milliard dollargacha), biroq raqiblari undan-da tezroq o'sishni qayd qilishgan (Apple brendining narxi 37 foizga oshgan - 107,141 milliard dollardan 146,311 milliard dollargacha).

Dunyoning eng qimmatbaho brendlari o'nligidan shuningdek Samsung (92,289 milliard dollar), Facebook (89,684 milliard dollar), AT&T (82,422 milliard dollar), Microsoft (81,163 milliard dollar), Verizon (62,826 milliard dollar), Walmart (61,48 milliard dollar) va ICBC (59,189 milliard dollar) kompaniyalari ham joy olgan.

Bu kompaniyalarning barchasi o'tgan yilgi reytingda ham bo'lgan, biroq boshqa o'rinlarda qayd etilgan. Facebook brendi o'z pozitsiyasini boshqalarga qaraganda shiddatliroq yaxshilashga muvaffaq bo'lgan - brend bahosi 45 foizga, 9-o'rindan 5-o'ringa ko'tarilgan. AT&T va  Microsoft ikkitadan pozitsiya yo'qotgan.

Яндекс.Метрика