Dunyoning eng qudratli smartfonlari aniqlandi

HTC U11 dunyoning eng qudratli smartfoni sifatida tan olindi. Gadjyet taniqli benchmark-dastur ishlab chiqaruvchilari tomonidan tuzilgan reytingida birinchi o'rinni egalladi.

Reyting joriy yilning may oyi yakunlari bo'yicha tuzilgan. Eng qudratli qurilmalar qator xususiyatlarga ko'ra aniqlandi - samaradorlik, ma`lumotlarni qayta ishlash tezligi hamda SD karta bilan ishlash shular jumlasidandir. Baholash tizimi yakunlariga ko'ra, Tayvanning HTCkompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan U11 smartfoni birinchi o'rinni egalladi. Smartfon realizatsiyasi o'tgan oyning o'rtasida yo'lga qo'yila boshlangan bo'lishiga qaramay, u bozorda ancha mustahkam pozitsiyalarni qayd etdi. Gadjyet qudrati 180 ming ballga baholandi. 

Ikkinchi o'rin iPhone 7 Plus'ga nasib etdi. Flagmanning texnik xususiyatlari 174 000 ballga baholandi. Shunisi diqqatga sazovorki, Apple kompaniyasi mahsuloti so'nggi chorak davomida barcha reytinglarda yetakchi o'rinlarni egallab kelmoqda. 

Yetakchilar uchligini ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan eng qudratli smartfon deya e`lon qilingan Xiaomi Mi 6 yakunladi. Biroq sinov natijalariga ko'ra u 172 000 ballga baholandi va faxrli 3-pog'onani zabt etdi. 

To'rtinchi va beshinchi o'rinlarda Samsung kompaniyasining flagman modellari - Galaxy S8 va Galaxy S8+ qayd etildi. 


Комментарии (1) | Добавить: 02.07.2017
1. Soxa3363 (03.07.2017 16:30)
Samsung borgan sari musir ishlab chiqaryapti
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash