У нас есть только
оригинальные песни

Dunyoning eng yaxshi aeroportlari nomi e'lon qilindi

calendar 24.09.2015
2273

Yiliga 50 milliondan ziyod yo'lovchiga xizmat ko'rsatgan Dubay aerouzeli dunyoning eng yaxshi aeroporti deb topildi. Aviasayohatlar sohasidagi nufuzli World Routes Marketing Award xalqaro mukofoti hakamlar hay'ati shunday qarorga kelishdi. Tadbir saytida xabar qilinishicha, mukofotni taqdim etish marosimi 22 sentyabr kuni Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida bo'lib o'tdi.
20-50 million yo'lovchiga xizmat ko'rsatuvchi aeroportlar ichida mukofotni Kopengagen aeroporti qo'lga kiritdi. Praga havo darvozasi esa yiliga 4-20 million yo'lovchiga xizmat ko'rsatgan eng yaxshi aeroport sifatida tan olindi.
Kichik aerouzellar (yiliga 4 milliongacha yo'lovchi tashuvchi) ichida g'oliblik Kanadaning Galifaks Stenfild aeroportiga nasib etdi.
Shuningdek, tanlovda dunyoning eng yaxshi sayyohlik tashkiloti ham aniqlandi. Unga ko'ra, mazkur mukofot Irlandiya vakillariga nasib etdi.
Яндекс.Метрика