У нас есть только
оригинальные песни

Dunyoning eng yaxshi avtomobili bo‘lishga da’vogar mashinalar ro‘yxati e’lon qilindi

calendar 17.09.2015
3184

"Butunjahon yil avtomobili” tanlovi (WCOTY) tashkilotchilari Frankfurt avtosalonida 2016 yilda dunyoning eng yaxshi mashinasi bo‘lishga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi

Audi A4, BMW X1, Ford Edge, Hyundai Tucson, Jaguar XE, Kia Optima, Land Rover Discovery Sport, Mercedes-Benz GLC, Nissan Maxima, Toyota Prius, Opel Astra, Volkswagen Touran kabi 21 ta model o‘rin olgan ro‘yxatda Chevrolet Malibu ham qayd etilgan.

Tashkilotchilar, shuningdek, "Yilning nufuzli avtomobili”, "Yil sportkari”, "Yilning "yashil” avtomobili”, "Yil dizayni” yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun bellashadigan  modellar ro‘yxatini ham ma’lum qildi. Oxirgi yo‘nalishdan eng yaxshi avtomobil bo‘lishga da’vogar barcha mashinalar o‘rin olgan.

Tanlov hay’atiga 23 mamlakatning avtomobil mavzusida yozuvchi 70 dan ortiq jurnalistlari kirdi. G‘oliblar 2016-yil martida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan motorshouda oshkor qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda "Yilning eng yaxshi avtomobili” nomi Mercedes-Benz C-Class’ga tegishli.

Яндекс.Метрика