У нас есть только
оригинальные песни

Dunyoning eng yaxshi universiteti nomi ma`lum qilindi

calendar 15.08.2017
1924

Academic Ranking of World Universities xalqaro reytingi dunyoning eng yaxshi universitetlari ro'yxatini e`lon qildi

Ro'yxatda jahonning eng yaxshi 500 ta oliy o'quv dargohi nomi qayd etilgan. 

Tadqiqotchilarning ma`lumotiga ko'ra, 2017 yilda dunyoning eng yaxshi universiteti deb Harvard (Harvard University - AQSh) tan olindi. Ikkinchi o'rinda Stenford (Stanford University - AQSh) qayd etilgan bo'lsa, Kembrij universiteti (University of Cambridge – Buyuk Britaniya) uchinchi pog'onani egalladi. 

Shuningdek, Top-10likdan Massachusets texnologiyalar universiteti (Massachusetts Institute of Technology (MIT) - AQSh), Byorklidagi Kaliforniya universiteti (University of California, Berkeley - AQSh), Prinston universiteti (Princeton University - AQSh), Oksford universiteti (University of Oxford – Buyuk Britaniya), Kolumbiya universiteti (Columbia University - AQSh), Kaliforniya texnologiyalar instituti (California Institute of Technology - AQSh) va Chikago universiteti (University of Chicago - AQSh) joy olgan.

Dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti ro'yxatida O'zbekistondan bironta ham OTM yo'q.

Яндекс.Метрика