У нас есть только
оригинальные песни

Dunyoning ko'plab mamlakatlarida Telegram ishlamay qoldi

calendar 29.03.2018
1214

Bugun, 29 mart kuni MDH va Yevropa mamlakatlarida Telegram ishlamay qoldi.

Toshkent vaqti bilan soat 13:35 lar chamasi uzilgan aloqa hamon tiklangani yo'q.

Ayni vaqtda O'rta Osiyodan tashqari, Rossiya, Ukraina va Belarus kabi MDHning boshqa mamlakatlarida, shuningdek, Yaqin Sharq va Yevropaning ayrim davlatlarida, AQShning Kaliforniya shtatida ushbu messenjerdan foydalanib bo'lmayapti.

Bundan avvalroq, 5 mart kuni ham Telegram faoliyatida uzilish kuzatilgandi. 20 fevral kuni G'arbiy Yevropa hududida kuzatilgan uzilish 1 soat ichida tiklangandi.

Яндекс.Метрика