У нас есть только
оригинальные песни

E`tiborni boshqarishning 7 usuli

calendar 18.01.2018
1149

E`tiborni boshqarish ko'nikmasi taym-menejmentning har qanday tryuklaridan ham muhimroqdir. U samaraliroq ishlash va o'zingizni ko'proq baxtli his qilishingizga yordam beradi. "Layfxaker" shu mavzudagi tavsiyalari bilan bo'lishdi.

1. E`tiborni pul sifatida qabul qiling

Tasavvur qiling, sizning e`tiboringiz — bu pul. Sizda bu valyuta cheklangan miqdorda. Kun davomida uni "qimmatbaho" va "uncha qimmat bo'lmagan" vazifalarga sarflashingiz mumkin. Jiddiy ish, o'qish, siz uchun ahamiyatli bo'lgan ishlar ko'proq vaqt talab qiladi, lekin kamroq narxga baholanadi. Ijtimoiy tarmoqlarni varaqlash kabi u qadar katta ahamiyatga ega bo'lmagan ishlar esa kamroq vaqt talab qiladi, biroq qimmatga tushadi. E`tibor paradoksi ham shunda.

2. Kunni elektron qurilmalardan boshlamang

Aksariyat ertalabdan ijtimoiy tarmoqlarga kirib, yangiliklarni o'qib chiqadi. Bu bilan siz o'z diqqatingizni bo'lgan bo'lasiz. Yaxshisi, kunni kitob o'qish yoki kundalikka yozishdan boshlang. Hali hech kim pochtani tekshirib, dunyoni o'zgartirgan emas. Xo'sh, unda nima uchun siz shunday qilishingiz kerak?

3. Eng katta ahamiyatga ega bo'lgan vazifalarga diqqatni qarating

Har qanday maqsadga erishish yo'lida muvaffaqiyat uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan bir necha vazifa bor. Agar ularni e`tiborsiz qoldirib, boshqa ishlar bilan shug'ullansangiz, sizda bandlik hissi paydo bo'ladi, biroq samaradorlik bo'lmaydi.

Samaradorlik — bu siz biror narsaga qancha vaqt ketkazganingiz emas, uni aynan qanday o'tkazganingiz. Bu esa e`tiborni boshqarish xususiyatiga bog'liq.

4. Ko'p vazifalilikdan voz keching

U samaradorlikka ham, diqqatni jamlab ishlash xususiyatiga ham ziyondir. Faqatgina irodaga ishonib qolmang. Brauzerda o'nlab sahifa ochilgan bo'lsa, muntazam ravishda qandaydir xabarlar kelaversa, boz ustiga yoningizda telefon turgan bo'lsa, oxir-oqibat jarlik yoqasiga borib qolasiz.

Hech bo'lmaganda bir soatga bir ishga diqqatingizni qaratishga harakat qiling. Bu vaqtda siz doim bir narsadan boshqasiga chalg'iydigan to'liq ish kuniga nisbatan ko'proq ishga ulgurishingiz mumkin.

5. Dam olish esingizdan chiqmasin

Ko'pincha hatto tanaffus paytida ham chin ma`noda dam olmaymiz. Ko'chaga chiqdingizu, biroq bu vaqt davomida ijtimoiy tarmoqlarni kuzatdingiz deylik - bunday sayrdan foyda kam. Tabiatga chiqdingizu, biroq qilgan ishingiz - suratga tushish va ularni Instagram'ga yuklash bo'lgan bo'lsa, dam olmadingiz hisob.

Dam olish juda muhim. Shu bilan birga, siz dam olayotgan vaqtda miya ishlashda davom etadi. Shu bois muammolar yechimi va ajoyib fikrlar ko'pincha dush qabul qilayotganingizda yoki parkda sayr qilayotganingizda keladi.

6. Ertangi kun rejalarini bugun kechqurun tuzing

Shunda qarorlar qabul qilishdan charchab qolmaysiz va irodangizni arzimas narsalarga sarf qilmaysiz. Odatda ertalabdan diqqatni jamlash osonroq, shuning uchun bu vaqtni muhimroq narsaga sarflagan yaxshi. Barcha ishlarni kechqurun rejalashtirib qo'ying, ertalabdan ishga kirishish mumkin bo'lishi uchun barcha zarur narsalarni tayyorlab  qo'ying.

7. Siz uchun eng muhimi nima ekanini aniqlab oling

Sizning asosiy maqsadlaringizga to'g'ri kelmaydigan barcha narsalarga "yo'q" deya biling. Ularni belgilab oling va o'z kuningizni ularga muvofiq tashkil qiling.

Яндекс.Метрика