У нас есть только
оригинальные песни

E VOH QIYOMATGA QOLMOQDA DIYDOR...

calendar 07.09.2012
2559
E VOH QIYOMATGA QOLMOQDA DIYDOR

Meni aldab qo'ydi,vasling sog'inchi,
Armonlarga ko'milgan yuragim bo'lding...
Baxt otliq karvonim sarboni eding,
Oppoq orzularim osmoni eding...
Endi sensiz osmonimda kulmaydi quyosh,
Tunlari bo'lolmaydi oy menga sirdosh...
Sen tomon borishga yo'q endi yo'lim,
Yuzlaringni silashga yetmaydi qo'lim...
Ajab qismat qiyomatga qolmoqda diydor,
Sen tomon borishga yo'q endi yo'lim...
Orzular ro'yobin sarob qilding yor,
Bir umrga holimni harob qilding yor...
Sensiz ohim dunyolarni tutib ketdi-ya,
Hijronlar ummonga yutib ketti-ya,
Alamlar bo'zimni tilib ketti-ya,
Sog'inchlar ustimdan kulib ketti-ya
E voh hajringda bu yurak kuyib ketti-ya.
Kelgin yor poyingga ostonang bo'lay,
Bir umr qoshingda parvonang bo'lay,
Umr daftaringga afsonang bo'lay,
Ishqingda mast emas,mastonang bo'lay.
Kelyorim jonimni jononi bo'gin,
Chorasiz umrimning imkoni bo'lgin,
Butun umr qalbimning ardog'i bo'lgin
Baxt qasrining baxtli xoqoni bo'lgin.
Joningga jon bo'lay jonim bir lahza,
Yoningda yor bo'lay yorim bir lahza,
Kelaqol umidlar so'nmasin bekor,
Borlig'ing bo'lagi bo'lay bir lahza.
Gar kelmasang sensizlik baxtini tuyib netaman,
Sensiz dunyolarni suyib netaman
Bir umr armonni qalbdan quvgancha
Bilib qo'y,kelmasang kuyib
ketaman...
Яндекс.Метрика