У нас есть только
оригинальные песни

EBU “Yevrovideniye” natijalari bo‘yicha petitsiyani ko‘rib chiqadi

calendar 17.05.2016
716

Yevropa radio va teleuzatish ittifoqi (EBU) 2016-yilgi “Yevrovideniye” musiqiy tanlovi yakunlarini shubha ostiga olgan petitsiyani sinchiklab o‘rganib chiqadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Biz petitsiya haqida bilamiz, masala bugun muhokama qilinadi, EBU’ning javobi keyinroq muhokama qilinadi”, — dedi tashkilotning matbuot kotibi Pol Jordan.

Shu bilan birga, Jordan natija o‘zgarishiga shubha bilan qarashini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, “Yevrovideniye–2016” finalida ukrainalik xonanda Jamala qrim tatarlari deportatsiyasiga bag‘ishlangan “1944” qo‘shig‘i bilan g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni avstraliyalik Dami Im, uchinchi o‘rinni esa Rossiya vakili Sergey Lazarev egalladi.

Ammo ko‘plab muxlislar tanlov natijalarini shubha ostiga olmoqda. Bu masalaga bag‘ishlangan petitsiyani shu paytga qadar 160 ming kishi imzoladi.

Яндекс.Метрика