У нас есть только
оригинальные песни

Eddi Merfi to‘qqizinchi bor ota bo‘lishga hozirlik ko‘rmoqda

calendar 05.11.2015
1718

Eddi Merfi Gollivudning eng serfarzand otasi Marlon Brandoning rekordini (11 nafar bolasi bo‘lgan) yangilashga ahd qilgan ko‘rinadi: 54 yoshli aktyor hamda uning ma’shuqasi, aktrisa va model Peyj Batcher farzand kutayotgani ma’lum bo‘ldi.

Bu juftlik uchun birinchi, Eddi uchun esa to‘qqinchi farzand bo‘ladi. Merfining Nikol Mitchell bilan birinchi turmushidan besh nafar bolasi bor. U bilan ajralishgach, Eddi Spice Girls guruhi a’zosi Mel Bi bilan uchrashib yurdi. Xonanda qizi Enjel Ayrisning otasi Merfi ekanligini da’vo qilgan. Aktyorning o‘zi buni to DNK tahlili Mel Bi haq ekanligini tasdiqlamaguncha inkor etib yurdi.

Shuningdek, aktyorning yana ikki ayoldan o‘g‘illari bor.

Яндекс.Метрика