У нас есть только
оригинальные песни

Edvard Snouden kiberhavfsizlikka oid maslahatlar berdi

calendar 15.09.2016
1347

AQSh Milliy havfsizligi agentligining sobiq hodimi Edvard Snouden kiberta`qibdan qanday qutilish mumkinligiga oydinlik kiritdi. U ko'pgina jihatlar orasida komp'yuterdagi veb-kamerani plastir bilan to'sib qo'yish muhimligini bildirgan. 

«Bu oddiy. Agar siz plastirdan foydalansangiz u sizning komp'yuteringizni buzmaydi. Kamerani qo'llaganda plastirni olib qo'yasiz, tamom-vassalom», — deya Snouden so'zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi. U, Oliver Stounning «Snouden» nomli fil'midagi shu kabi holatni izohlar ekan, shunday fikrni bildirgan. 

Amerika mahsus hizmatlarining sobiq hodimi kiberhavfsizlik bo'yicha boshqa maslahatlarni ham bergan. Hususan, turli saytlar uchun bir hil paroldan foydalanish yahshi emas. Agar shunday qilsangiz, bitta akkauntingiz buzilsa, boshqasi ham buzilishi mumkin. Snouden telefon orqali suhbatlarga qarshi kurashish uchun kodlash dasturlaridan foydalanishni tavsiya qilgan. Bundan tashqari, u, reklamalarni to'suvchi va viruslarga qarshi dasturlar o'rnatishni tavsiya qilgan. Biroq, bularning bari Snoudenning so'zlariga ko'ra, faqat hakerlarni to'htata oladi, mahsus hizmatlarni emas. 

«Bu AQSh MHAga qarshi qo'l kelmaydi. Siz MHAni to'htatmoqchi bo'lsangiz, siyosiy jarayon orqali erisha olasiz. Ammo, afsuski bu yilgi prezidentlik kampaniyasida bu haqda eshitmayapmiz. Hech kim konstitutsiya va huquqlar hususida eslamayapti ham. Ular, bizga keraksiz bo'lgan narsalar haqida jar solmoqda», — deb qayd etgan Snouden.

«Snouden» fil'mi rejissyori Oliver Stoun ham noutbukdagi kamerasini Yelimlab qo'yishini ta`kidlagan. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq, AQSh Federal qidiruv boshqarmasi direktori JYeyms Komi noutbugidagi veb-kamerani hakerlik hujumi va buzilishiga qarshi Yelimlashini bildirgan va boshqalarga ham shunday yo'l tutishni maslahat bergan edi. Facebook asoschisi Mark Tsukerberg ham kiberhavfsizligini ta`minlash maqsadida huddi shu usuldan foydalanadi. 

Яндекс.Метрика