Efirdagi chiqishidan keyin Paynet asoschisiga Soliq qo'mitasi rahbari qo'ng'iroq qildi


 

O'zbekiston Davlat soliq qo'mitasi raisi Botir Parpiyev Paynet kompaniyasi asoschisi Botir Arifjanovga qo'ng'iroq qilishi uning uchun kutilmagan hodisaga aylangan.

«Menga kutilmaganda qo'ng'iroq qilishdi. Menga ertalab Botir Parpiyev telefon qildi va uni men press-klubda bildirgan takliflar qiziqtirib qolgani haqida gapirdi. Biz biroz fiskal siyosati haqida gaplashdik, shundan keyin u meni bu takliflarimni o'z o'rinbosari bilan uchrashuvda muhokama etishga taklif qildi», – deya yozgan Arifjanov 28 iyul kuni Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, 26 iyul kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida «O'zbekistonning zamonaviy soliq siyosati: vazifalar va amalga oshirish mexanizmi» mavzusida uchrashuv o'tkazilgandi. Anjumanda soliq ma`muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa mujburiy to'lovlarning yig'iluvchanligini oshirish, soliq to'lovchilarga yaratilgan qulaylik va imtiyozlar, davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etishning muhim yo'nalishlari muhokama qilingandi.

Botir Arifjanovning tan olishicha, u Botir Parpiyev bilan suhbatdan keyin «bizda hammasi yaxshi va barchasi reja bo'yicha ketmoqda» qabilida fikrlaydigan navbatdagi amaldor bilan zerikarli uchrashuvga tayyorlangan.

Tez orada u Parpiyevning o'rinbosari bilan uchrashgan. «Biz qora bozor, daromadlarni yashirish va soliqdan qochish holatlari tufayli iqtisodiyotda yuzaga kelgan muammolarni ochiq muhokama qildik. Aytishni istardimki, u yerdagilar muammolar haqida bilishadi va ularni hal etish uchun hamkorlikka tayyorlar», – deya qayd etgan Arifjanov.

Uning yozishicha, Soliq qo'mitasi qoshida yetakchi tadbirkorlar, maslahatchilar va Moliya vazirligi mutaxassislari ishtirokida maslahatchi kengash tuzish borasida kelishuvga erishilgan.


Комментарии (0) | Добавить: 02.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash