У нас есть только
оригинальные песни

Efirlardagi milliy musiqa targ'ibotiga ajratilgan vaqt uzaytiriladi

calendar 23.12.2015
1002

Xabaringiz bor, 2015 yilning 9 dekabrida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 354-son qarori qabul qilingan edi. Ayni paytda “O'zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan mazkur qaror ijrosini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

O'zbekiston Milliy matbuot markazida o'tkazilgan “O'zbeknavo” estrada birlashmasi: kecha va bugun” mavzusidagi matbuot anjumanida ushbu choralardan biri sifatida O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan radio va televidenieda milliy musiqa targ'iboti uchun ajratilgan efir vaqtining uzaytirilishi ma'lum qilindi.

“O'zbeknavo” estrada birlashmasining bosh direktor o'rinbosari Murodjon Majidovning ta'kidlashicha, aksariyat hollarda ushbu musiqiy asarlar tijoriy maqsadlarda yaratilmagani bois san'atkorlar tijoriy dasturlarga o'z ijro namunalarini taqdim eta olishmaydi. Shu sababli mazkur tartib kuchga kirmoqda.

Яндекс.Метрика