У нас есть только
оригинальные песни

Egey dengizi hududida Rossiya qo'riqchi kemasi Turkiya baliqchi kemasiga o't ochdi

calendar 13.12.2015
2645

Egey dengizi hududida Rossiyaning "Smetlivyy" nomli kemasiga yaqinlashib kelgan Turkiyaning baliq ovlovchi kemasiga soqchi kema tomonidan ogohlantiruvchi signallar yuborildi va keyin o'q uzildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligiga asoslanib, TASS nashri xabar bergan.

"Moskva vaqti bilan 13 dekabr kuni, soat 09:03da qo'riqchi kema langar tashlab turgan "Smetlivyy" kemasidan 1 km masofadagi turklarning qayig'ini payqagan. Rossiya kemasi ko'p marta turklarning baliqchi kemasi bilan aloqa o'rnatishga uringan. Buning uchun maxsus signallar borilgan va osmonga raketalar uchirilgan. Lekin ikkinchi tomondan bunga javob qaytarilmagan", deyiladi vazirlik xabarida.

Baliqchi kema Rossiya kemasiga 600 m masofada yaqinlashib kelganidan so'ng, o't ochishga to'g'ri kelgan.

"Turklar kemasi o'ta xavfli darajada yaqinlashganidan so'nggina o't ochildi", deb ta'kidlangan xabarda.

Vazirlik ma'lumotiga ko'ra, o't ochilganidan so'ng turklar kemasi darhol kursni o'zgartirgan va ruslar bilan aloqaga kirishmagan holda harakatlanishda davom etgan.

Bu hodisa Gretsiyaning Lemnos oroliga 22 km masofada yuz bergan.

Яндекс.Метрика