У нас есть только
оригинальные песни

EgyptAir samolyoti halokatida hech kim omon qolmagani ma’lum qilindi

calendar 21.05.2016
964

EgyptAir aviakompaniyasining A320 samolyoti O‘rtayer dengizida qulashida hech kim omon qolmagan. Bu haqda Misr fuqarolik aviatsiyasi vaziri Sharif Fathiy Al-Masry Al-Youm nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RBK”.

“Halokatda hech kim tirik qolmagan. Misr qurolli kuchlari havo kemasi bo‘laklari va qurbonlarning shaxsiy buyumlarini qidirib topish uchun barcha harakatlarni amalga oshirmoqda”, — deya ta’kidlagan vazir.

Oldinroq misrlik qutqaruvchilar A320 halokatga uchragan yerdan yuk, o‘rindiq va tana qoldiqlarini topgani bildirilgandi.

Parijdan Qohiraga uchayotgan samolyot 19-may kuni ertalab radarlardan g‘oyib bo‘lgan. MS804 reysi bortida 56 nafar yo‘lovchi (ulardan 15 nafari Fransiya va 30 nafari Misr fuqarosi) va o‘n nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Яндекс.Метрика