loading...

 

EgyptAir samolyoti qaerga qulagani ma'lum qilindi

EgyptAir aviakompaniyasining A320 yo'lovchi samolyoti Gretsiya tarkibidagi Karpatos orollaridan uncha uzoq bo'lmagan hududda qulab tushgan. Bu haqda Gretsiya Fuqarolik aviatsiyasi ma'lumotiga asoslanib, Frans Press agentligi xabar tarqatgan.

"EgyptAir samolyoti Misr havo hududidaligida sho'ng'ishni boshlagan va Gretsiyaning Karpatos oroli yaqinidagi hududga tushgan", deyilgan xabarda.

Manbaning ma'lum qilishicha, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 00:29da (Toshkent vaqti bilan soat 5:29) Karpatos orolidan 240 km masofada qulagan.

Bundan oldinroq, Gretsiya hukumati O'rta Еr dengizi aholisining osmonda "olovli shar" ko'rgani haqidagi ma'lumot bo'yicha tekshiruv olib borgani xabar qilingandi.

Samolyot «Sharl-de-Goll» aeroportidan Parij vaqti bilan 23:09 da (Toshkent vaqti bilan 2:09) parvoz qilgan va Qohiraga mahalliy vaqt bo'yicha 3:05 (Toshkent vaqti bilan 06:05) da etib kelishi kerak edi. U Qohira vaqti bo'yicha 3:45 da radarlardan g'oyib bo'lgan.

MS804 reysi bortida 56 nafar yo'lovchi (ulardan uch nafari bola) va o'n nafar ekipaj a'zosi bo'lgan. Ular Misr, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Iroq va Saudiya Arabistoni fuqarolari bo'lgan.

Aviakompaniya Twitter’dagi sahifasida yo'qolib qolgan A-320 2003 yilda ishlab chiqarilganligini ma'lum qildi. Uni tajribali ekipaj boshqarayotgan edi, ekipaj komandiri 6 275 soat, uning yordamchisi 2 766 soat parvozni amalga oshirgan.

Keyinroq bu samolyotda 2013 yili texnik nosozlik qayd etilgani haqida xabar paydo bo'ldi.

Misr harbiylari mahalliy vaqt bilan soat 4:26da (Toshkent vaqti bilan soat 7:26) yo'qolgan layner halokat signali yuborgani haqida ma'lum qilishdi.

Samolyot radarlardan yo'qolishidan oldin 11 km balandlikda bo'lgan.

Misr Fuqarolik aviatsiyasi EgyptAir samolyoti halokatga uchraganini tasdiqladi.


Комментарии (0) | Добавить: 19.05.2016

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Yer aholisi 26 fevralda antiqa astronomik hodisa guvohi bo'ladilar
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi
Markaziy bank: Plastik karta egalari uchun qarz olish xizmati joriy etiladi
Erkak kishi uchun hech qachon qilmaslik lozim bo`lgan 6 narsa
2020 yilgacha Yevropa Ittifoqiga birorta davlat qo'shilmaydi
“Farg‘onaazot”da portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Qahva va energetiklar o‘rnini bosadigan tetiklashtiruvchi ichimliklar
Google kompaniyasi Uber’ni sudga berdi
Yangilangan “g'isht” Nokia’ning o'ziga xos jihatlari oshkor bo'ldi
Yerga o'xshash yana yetti sayyora aniqlandi
Sobiq ittifoqning birinchi va so'nggi prezidenti Germaniyadagi villasini sotuvga qo'ydi
Skype’ning "yengillashtirilgan" versiyasi taqdim etildi
Xorazmda GM Uzbekistan xodimlari hibsga olindi
Instagram 10ta suratni 1ta postda chiqarish imkonini yaratdi
Urganch-Xiva temir yo'li qachondan ishga tushirilishi ma`lum bo'ldi
Toshkent shahrida pensionerlarga bir oyda jami qancha naqd pul to‘lanadi? Javob — bitta rasmda
O'zbekistonda spays narkotik moddaga tenglashtiriladi
O'zbekistonda xorijiy tillardagi yangi telekanal ochiladi
O'zbekistonda yangi sud: u yerga davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari ustidan shikoyat qilish mumkin
Islom Karimov haqida badiiy film suratga olinadi
Chor Minor - Chor minor chor atrofi suv minor
Nega ayollarning erkaklarga nisbatan do'sti ko'p?
Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7 smartfonlarini sotuvga chiqaradi
Haqiqiy iPhone’ni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?