Ehtiyot bo'ling, Enrike qaytmoqda!

Yevropadagi navbatdagi mavsum ham yaqinda tugaydi. Emeri «PSJ» bilan, Venger esa, «Arsenal» bilan xayrlashmoqda. Konte ham katta ehtimol bilan «Chelsi»ni tark etadi. Go'yoki, juda ko'p bo'sh top murabbiylar mavjud bo'lsa-da, bu klublarning direktorlari asosan bir nomzod ustida ko'proq to'xtalishmoqda – Luis Enrike.

Har hafta turli saytlar ispaniyalik murabbiyning yo u yoki bu top-klub bilan bog'lab xabarlar chop etmoqda. Luchoning o'zi esa, hozircha faqat «Arsenal» bilan jidddiy muloqotga kirishgan. U yerda faqat katta maosh evaziga ishlash mumkinligini his qilgan Enrike avvaliga xudi Venger kabi, yiliga 9 million yevro talab qildi, keyin esa, yozgi transferlar uchun 260 million ajratishlarini so'radi. Enrikeni tushunsa bo'ladi, u qaysidir ma`noda tender o'tkazmoqda va o'ziga yoqqan va qiziqarli tuyulgan loyihaga rozilik bildiradi.

Eng qizig'i, haligacha hech kim Enrikening aynan qanday murabbiy ekanini ani qaytib berolmaydigandek tuyuladi. Qisqa muddatda yutish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni yutgan Luis Enrike taktik-novatormi, top motivatormi yoki ajoyib seleksionermi, baholash qiyindek. Hatto «PSJ» bilan o'yindagi ajoyib kambek ham uning qopiga tushmadi, hammasini Messi va Neymar birgalikda hal qilishdi, deydiganlar ko'p. FIFA tomonidan 2015 yilda taqdim etilgan «Eng yaxshi murabbiy» sovrini ham ko'proq «Barselona» bilan qo'lga kiritilgan yutuqlarga bog'lanadi, qandaydir taktik yangiliklar yoki uslubga emas.

Nazariy tomondan, Luis xuddi Yurgen Klopp kabi rok-qahramon ham bo'lishi mumkin edi – u ham ko'p kuladi, qorni yo'q, «modniy» kiyinadi va chiroyli qarimoqda. Faqat o'ziga xos matbuot anjumanlari kamlik qiladi, aynan Yurgenni zo'r odamga aylantirgan yana bir jihat yetishmaydi. Lekin Enrike ataylab o'zini jiddiy tutishga harakat qiladi, uning ustunligi boshqa tomonda ekanini biladi.

Lucho – futbolni juda yaxshi tushunadigan, klub va futbochlilar bilan qanday munosabat o'rnatish lozimligini his qila oladigan oddiy yigit. Mohiyatan, Zidanga qiyoslash mumkin, faqat futbolchilik davridagi farq tufayli, Zidan biroz kattaroq shaxsiyat ko'rinadi. Boshqa tomondan juda yaqin. Shu jihatdan rahbariyat uchun Enrike qulay – Blan kabi yuvosh ham emas, Belsa kabi tentaklikdan ham uzoq. Zaxiradagilar to'polon qilishmaydi, yetakchilar nolishmaydi, qolganlar jimgina ergashishadi.

«Hech kim hech kimga halaqit bermasin, hamma o'z ishini qilsin» tamoyili 2015 yilda «Barselona»ni treblga olib kelgan, keyin esa, hammasi buzilib ketdi. 2016/17 mavsum shuni ko'rsatdiki, har qanday g'oya vaqti vaqti bilan yangilanib turishi, futbolchilarga yangiliklar bilan motivatsiya berib turish kerak ekan. Luis Enrike bu tomondan u qadar kuchli emas, u ko'proq birinchi mavsumda, hamma o'ziga yarasha ko'tarinki ruhda bo'ladi, alohida impuls shart emas, yangilanishning o'zi futbolchilarni g'alabalarga yetaklay oladi. 

Mana shu tarafdan, yuqorida tilga olingan uchala klub ham o'xshash – e`tibor bersangiz, hech biri Enrikening uzoq muddatli loyiha sifatida ko'rmayapti. Enrike boshqa vazifa uchun kerak: charchab qolgan tarkibni tetiklashtirish va qaysidir eski do'stlardan birini olib kelish.

Misol uchun «Arsenal»dagilar Enrikening «Roma»dagi Nainggolanni olib kelishga ko'ndira olishiga ishonishyapti. Roman Abramovichni ham ko'proq Enrikening tanishlari qiziqtiradi, Lucho hatto Liga Yevropadagi «Chelsi»ga ham yulduzlarni olib kelishi mumkin.

«PSJ» uchun Luis eng muhimi, Neymarni olib qolish uchun lozim. Braziliyalik yulduz Tuxelga keskin qarshilik bildirdi, Venger haqida hali fikr bildirmadi, lekin Enrike variantini qo'llab quvvatladi. Demak, Enrikeni olib kelish Parij klubi shayxlari har qanday harajatga tayyor turishlari tabiiy.

Lucho – personalni boshqarishni biladigan ajoyib murabbiy va uning qaytishi 2018 yil uchun katta voqealardan biri bo'lsa-da, hali ko'pchilik buni his qilmayapti. Hozircha biroz soyada turgan Luis Enrikening yangi klubi tranfer bozorida eng faol bo'lishi shubhasiz. 


Комментарии (0) | Добавить: 30.04.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Prokuratura xodimlariga imtiyozli avtokredit ajratiladi
«YouTube»dagi siz bilmagan 8 funksiya
«Spark» jahon bozorini tark etadimi?
Ixtiyoriy-majburiy hashar taqiqlanadi!
Shavkat Mirziyoyev Andijondagi harbiy qismga tashrif buyurdi
Farg‘onada MIB ijrochisi hayotiga suiqasd qilindi
Mirziyoyev Andijonda banan yetishtiriluvchi issiqxonani kirib ko'rdi
Endi STIRni DXMdan olish mumkin
“Nima qilishga ham hayronman”. Sitora Farmonova “O‘zbekkonsert” qaroriga munosabat bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytdi
Turgan holatda ishlaydiganlar sog'lig'ini saqlab qola oladimi?
«Instagram» repost funksiyasini ishga tushirdi
Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi yakunlandi. Nimalarga erishildi?
O‘zbekistonda xorijiy elektron hamyonlardan to‘lash tartibi belgilanadi
Shahzoda va Lola 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga atab duet kuyladi
Buyuk Britaniyada maktab o‘quvchilariga imtihonda qo‘l soat taqish taqiqlandi
Rossiyada ilk qirg'iz qishlog'i paydo bo'ldi
AQShlik maosh oluvchi echki
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson O‘zbekistonga kelishi mumkin
2,4 mln bolaning hayotini saqlab qolgan “oltin qo'lli” donor oxirgi marta qon topshirdi
Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiyaga rahbar tayinlandi
Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo'ydi
Bokuda xalqaro savdo porti ochildi
Ro'za tutish qoidalarini bilasizmi?
Google va Facebook O'zbekistonda ish boshlashi uchun shartlarini ma`lum qildi
Sayyoramizdagi sovuqqa eng bardoshli insonlar aniqlandi
“O'zagroeksport” sarimsoq piyozning xarid narxini e`lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashdi
“Mening fikrim” portalida Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston Qahramoni unvonini berish taklif qilindi
Kambag‘allikka sabab bo‘luvchi amallar