У нас есть только
оригинальные песни

Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi

calendar 10.09.2018
4657

Global isish natijasida Rossiya Shimoliy dengiz yo'li orqali o'zining «Suvaysh kanali»ni yaratib, iqtisodiy manfaatlarga erishishi mumkin. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Rossiya, Xitoy va yuklarni tashish sohasida manfaatdor bo'lgan tijorat kompaniyalari muzliklar erishi mavsumida Shimoliy dengizi yo'li Misrning Suvaysh kanali muqobili bo'ladi, deb umid qilmoqda. Kemalar muzliklar nisbatan kam bo'lgan Arktikadan yurishi mumkin, bu esa tranzit vaqti va yoqilg'iga xarajatlarni qisqartiradi.

Gazetaga ko'ra, yo'nalishning aksariyat qismi Rossiya iqtisodiy zonasidan o'tadi va bu suvlardan o'tadigan kema Shimoliy dengiz yo'li ma`muriyatidan ruxsat olishga majbur bo'ladi. Bundan tashqari, Moskva navigatsiya hamda muzyorarlar yordami uchun pul oladi. Shu tariqa, u strategik savdo yo'nalishini nazorat qiladi va navigatsiya hamda muzyorarlar ishi uchun daromadga ega bo'ladi. Yaqin vaqt ichida Shimoliy dengiz yo'li muhim bozorga aylanishi mumkin, deb hisoblaydi Kaliforniya universitetining geografiya professori, Arktikada dengiz kemalari yo'li ssenariysini modellashtirgan Lourens Smit.

Searoutes veb-sayti hisob-kitoblariga ko'ra, Janubiy Koreyadan Germaniyaga yo'l olgan kemaga Janubiy Afrikaning Yaxshi Niyat buruni orqali o'z manziliga yetib olish uchun 46 kun, Suvaysh kanali orqali - 34 kun, Shimoliy dengiz yo'li orqali esa - faqatgina 23 kun talab etiladi. Hozir bu yo'nalishda tranzit iyuldan oktabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

Shimoliy dengiz yo'li Rossiyaning Yevropa qismi va Uzoq Sharq o'rtasidagi eng qisqa dengiz yo'li bo'lib, Shimoliy Muz okeani dengizlari va qisman Tinch okeani bo'ylab o'tadi. Uning uzunligi 145 ming kilometrdan ortiq. 

Яндекс.Метрика