У нас есть только
оригинальные песни

Ektor Kuper yordamchilarini o'zi bilan birga olib keladi

calendar 02.08.2018
861

6 avgust kuni O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper rasman tanishtiriladi. O'FA rasmiy sayti xabariga ko'ra, u O'zbekistonga 3 nafar yordamchisi bilan tashrif buyuradi. 

Ektor Kuper oldiga 2019 yilning yanvar oyida o'tkaziladigan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etish va 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan jahon kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. O'zbekiston uchun 2022 yilgi mundial ilk mundialga aylanishi mumkin. Shunday ekan, u bilan kamida 4 yillik shartnoma tuzilishi aniq.

Ma`lumot uchun, Osiyo kubogi guruh bosqichiga qur`a tashlangan bo'lib, O'zbekiston «F» guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

Ayni vaqtda 62 yoshda bo'lgan argentinalik mutaxassisga bu lavozimda 56 yoshli vatandoshi Xose Karlos Fantagutstsi va 37 yoshli gretsiyalik Antonio Sarioglu assistentlik qilishadi. 36 yoshli misrlik Mahmud Fayoz Muhammad Shudaf jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yordamchi bo'ladi.

Ektor Kuper faqat milliy terma jamoa bilan cheklanib qolmasdan, barcha yoshdagi terma jamoalar bilan parallel ravishda ish olib borishi, ulardagi milliy terma jamoaga nomzod futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatidan muntazam xabardor bo'lishi ham belgilangan.

Яндекс.Метрика