У нас есть только
оригинальные песни

Ekvador qirg‘oqlarida 5,8 magnitudali zilzila ro‘y berdi

calendar 23.04.2016
749

Ekvador qirg‘oqlarida 5,8 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, yerosti silkinishlari markazi mamlakat poytaxti Kitodan 214 km, Muisne shahridan 26 km g‘arbda bo‘lgani qayd etilgan. Zilzila qurbonlari va sunami xavfi haqida xabar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ekvadorda 16-aprel kuni yuz bergan 7,8 magnitudali zilziladan so‘ng yana 714 ta takroriy yer silkinishi qayd etilgani bildirilgandi.

Яндекс.Метрика