У нас есть только
оригинальные песни

Ekvadorda 8 kunlik milliy motam e’lon qilindi

calendar 24.04.2016
774

Ekvadorda 16-aprel kuni ro‘y bergan 7,8 magnitudali zilzila qurbonlari xotirasi uchun mamlakatda sakkiz kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda prezident Rafael Korrea ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

“Bu milliy fojia, ammo biz oldinga harakatlanishdan to‘xtamaymiz. Qurbonlarni xotirlash, ularning oilalariga hamdardlik bildirish uchun sakkiz kun mobaynida milliy motam joriy etish haqidagi farmonga imzo chekaman”, — deb ta’kidladi Korrea.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida nobud bo‘lganlar soni 646 kishiga yetgan, 130 kishi bedarak yo‘qolgan. Yerosti silkinishlari tufayli salkam 7 mingta uy vayron bo‘lgan, 2740 kishi jabr ko‘rgan. Qurbonlar orasida boshqa mamlakatlar, jumladan, Kanada, Kolumbiya va Buyuk Britaniya fuqarolari ham bo‘lgani bildirilmoqda.

Яндекс.Метрика