У нас есть только
оригинальные песни

Ekvadorda it 7 kishini xarobalar ostidan qutqarib, so‘ng suvsizlikdan vafot etdi

calendar 24.04.2016
949

Ekvadorda qutqaruvchilarga Pedernales shahri hududida sodir bo‘lgan vayronkor zilziladan so‘ng xarobalar ostidan yetti kishini qutqarishda yordam bergan Dayko laqabli it 22-aprel, juma kuni suvsizlikdan vafot etdi, deya xabar bermoqda “TASS”.

To‘rt yoshli labrador to‘rt kun davomida tabiiy ofat hududida ishlab, qulab tushgan binolar tagida qolgan kishilar joyini aniqlagan. Itning sharofati bilan qutqaruvchilar xarobalar ostidan yetti kishini tirik holda topishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi Ibarra shahridagi harbiy bo‘limga qaytib kelgach, it hushini yo‘qotdi va veterinar shifokorlarning uni hushiga keltirishga urinishlariga qaramay, vafot etdi.

O‘t o‘chiruvchilar o‘zlarining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilishicha, it Tinch okeani qirg‘oqlaridagi jaziramada o‘tkazilgan uzluksiz qutqaruv operatsiyasidan so‘ng suvsizlikdan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ekvadorda 16-aprel kuni yuz bergan 7,8 magnitudali zilziladan so‘ng yana 714 ta takroriy yer silkinishi qayd etilgani bildirilgandi. 23-aprel kuni esa Ekvador qirg‘oqlarida 5,8 magnitudali zilzila ro‘y berdi.

Яндекс.Метрика