У нас есть только
оригинальные песни

Ekvadordagi vayronkor zilziladan so‘ng yana 714 ta yer silkinishi ro‘y berdi

calendar 23.04.2016
719

Ekvadorda 16-aprel kuni yuz bergan 7,8 magnitudali zilziladan so‘ng yana 714 ta takroriy yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda mamlakat Geofizika instituti rahbari Mario Ruisning ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.

Oxirgi sutkalardagi eng kuchli yer silkinishining kuchi 5,2 magnitudani tashkil etdi.

Ekvadorda 1979-yildan buyon eng kuchli zilzila shimoli-g‘arbiy Manabi provinsiyasining Pedernales shahri hududida yuz berdi. Oxirgi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 602 kishi halok bo‘ldi, 12,5 mingga yaqin odam jabrlandi. Mamlakatga yetkazilgan moddiy zarar milliardlab dollarga baholanmoqda.

Bir qator davlatlar, jumladan, Boliviya, Kolumbiya, Kuba, Meksika va Rossiya Ekvadorga qutqaruvchilar va gumanitar yordam yubordi.

Яндекс.Метрика