У нас есть только
оригинальные песни

«El-Klasiko»ni boshqarib boradigan hakam nomi ma`lum bo'ldi

calendar 17.11.2016
1990

Ispaniya chempionati doirasida «Barselona» va «Real» jamoalarining bu mavsumdagi birinchi o'yinini boshqarib boradigan hakam nomi ma`lum qilindi.3 dekabr kuni «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tadigan «El-Klasiko» bahsida 44 yoshli Karlos Klos Gomes ishlaydigan bo'ldi, deya xabar bermoqda Mundo Depotivo nashri.Saragosalik Klos Gomes bunga qadar ikki marta mazkur jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvda bosh hakamlik qilgan. Dastlab 2012 yilda Ispaniya superkubogi doirasida «Kamp Nou»dagi o'yinda va 2012/2013 yilgi mavsumda Ispaniya kubogi yarim finalining Madriddagi uchrashuvida bosh hakam vazifasini bajargan.

Яндекс.Метрика