У нас есть только
оригинальные песни

Elbrusda daraga tushib ketgan yo‘l boshlovchini 2 SIM-kartali telefoni qutqardi

calendar 31.10.2015
2076

Elbrusda sayyohlar guruhiga yo‘l boshlovchilik qilayotgan Ahmat Karimov 40 metrli daraga qulab ketdi, biroq FVV harakatlari tufayli qutqarib qolindi.
Hodisa haqida federal agentliklar 9-oktabr kuni xabar qildi. Dastlab 3900 metr chuqurlikdagi daraga sayyohlardan biri tushib ketganligi taxmin qilingan. Keyinroq uning tajribali yo‘l ko‘rsatuvchi ekanligi aniqlangan. Uch nafar sayyohga yo‘l boshlovchilik qilayotgan nalchiklik Ahmat ko‘rish uchun noqulay ob-havo sharoitida qor tagiga qulab ketgan. Uning bosh miyasi va qo‘liga shikast yetgan. Keyinroq Karimovning o‘zi so‘zlab berishicha, uning tirik qolishiga telefoni sabab bo‘lgan. Ikkita SIM-kartasi bo‘lgan telefonida Beeline kompaniyasi aloqasi vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lib turganligi tufayli u do‘stlariga qo‘ng‘iroq qilishga muvaffaq bo‘lgan. Ular esa, o‘z navbatida, qutqaruvchilarga uni topishda ko‘mak bergan.
Яндекс.Метрика