У нас есть только
оригинальные песни

Eldor Shomurodov Rossiyaning “Rostov” klubi bilan kelishuvga erishdi

calendar 07.07.2017
1908

“Bunyodkor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Rossiyaning “Rostov” klubida davom ettiradi.

Futbolchining “Bunyodkor” bilan shartnomasi shu yil yakunida nihoyasiga yetadi. Shu boisdan uning rostovliklar safiga qachon yetib borishi hozircha aniq emas. FIFA qoidalariga ko‘ra, shartnomasi yakuniga yarim yil qolgan futbolchi kelajakdagi klubi bilan muzokara o‘tkazishga haqli bo‘ladi.

Endi “Bunyodkor” va “Rostov” o‘zaro kelishib olishi kerak bo‘ladi. Agar Shomurodov ikkinchi davradayoq “qaldirg‘ochlar”ni tark etsa, “Rostov” toshkentliklar hisob raqamiga ma’lum miqdorda pul o‘tkazib berishi kerak. Eldor “Rostov” safiga qishda yetib borsa, u holda yangi klubiga erkin agent sifatida qo‘shilgan bo‘ladi.

Яндекс.Метрика