У нас есть только
оригинальные песни

Elektr tarmog'i korxonalari tarmoqdan ogohlantirib o'chirishi kerakmi?

calendar 29.07.2017
1059

SAVOL: Elektr energiyasidan qarzdorlik mavjud bo'lganda tarmoqdan ogohlantirib o'chiriladimi yoki ogohlantirmasdan o'chirish mumkinmi?

Z.ShOIMOV,

Surxondaryo viloyati

JAVOB: «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari»ga ko'ra, maishiy iste`molchi elektr ta`minot korxonasiga iste`mol qilingan elektr energiyasi to'lovini har oyning 10 sanasiga qadar amalga oshirib borishi kerak. Agarda maishiy iste`molchining qarzdorligi mavjud bo'lgan taqdirda ETK tomonidan ogohlantirilmay tarmoqdan o'chiriladi.

 

SAVOL: Maishiy iste`molchilarning elektr hisoblagichlari qay tartibda va qanday muddatda qiyoslovdan o'tkaziladi?

F.SOHIBOV

Qashqadaryo viloyati

JAVOB: Maishiy iste`molchilarning elektr hisoblagichlarini qiyoslovdan o'tkazish Adliya vazirligida 2015 yil 1 dekabrda 2736-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan «Maishiy iste`molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o'tkazish tartibi to'g'risida»gi nizomga asosan amalga oshiriladi. Nizomning 4-bandiga ko'ra, hisobga olish priborlarining qiyoslashlararo interval muddati to'rt yilni tashkil qiladi.

Savollarga «O'zbekenergo» Bosh yuriskonsulti Jasurbek NAMOZOV javob berdi.

Яндекс.Метрика