У нас есть только
оригинальные песни

Eminem bolaligi o‘tgan uyidan olingan g‘ishtlarni sotuvga chiqardi

calendar 24.05.2016
1635

Taniqli amerikalik rep ijrochisi Eminem The Marshall Mathers LP albomining 16 yilligi munosabati bilan bolaligi o‘tgan uydan olingan g‘ishtlarni sotuvga chiqardi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Eminemning uyi uning The Marshall Mathers LP va The Marshall Mathers LP 2 albomlari yuziga chiqqandi. 2013-yilda bino buzilgan, demontajdan chiqqan 700 g‘isht esa o‘ralib, xonandaning imzosi bilan haqqoniylik sertifikatiga ega bo‘lgan edi.

Mashhur uy bo‘lagi solingan komplekt narxi 313 dollar turadi. Komplekt ichiga g‘isht, namoyish uchun quti va The Marshall Mathers LP albomining audiokassetadagi yangi nashri kiradi.

G‘ishtlardan tashqari, uy qurilishida ishlatilgan yog‘ochlardan kolleksion jetonlar yaratildi. Ularning narxi 42 dollarni tashkil qilmoqda.

Savdodan ishlangan pullarning bir qismi murakkab fe’lli o‘smirlar bilan ishlovchi notijorat tashkilotlarga ko‘mak beradigan Marshall Mathers Foundation jamg‘armasi hisoblariga o‘tkaziladi.

Яндекс.Метрика